Tug'ilganlik va Nikox tuzilganligi yoki Nikox bekor qilinganligi to'g'risidagi guvohnomalarni taqdim qilish tartibi
Tug'ilganlik va Nikox tuzilganligi yoki Nikox bekor qilinganligi to'g'risidagi guvohnomalarni taqdim qilish tartibi
1. Tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma.
a) O'zbekiston Respublikasi hududidagi FHDYO idoralari tomonidan yoki xorijdagi O'zbekistonning konsullik muassasalarida berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar (Legalizatsiya yoki Apostil, hamda tarjima talab qilinmaydi);
b) Germaniyaning FHDYO idoralari tomonidan berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar. Ushbu hujjat Elchixonada belgilangan tartibda Legalizatsiya qilinishi kerak. Buning uchun Germaniya tomonidan berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomaning (Geburtsurkunde) asli Federal yer sudida (Landgericht) yoki boshqa tegishli fuqarolik masalalari bilan shug'ullanuvchi idorasida tasdiqlash uchun topshirilib muhr bosiladi. Keyin hujjatning asli bilan bir qatorda uning nusxasi Legalizatsiya uchun Elchixonaning hisob raqamiga to'lov (O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun - 25 evro va chet elliklar uchun - 65 evro) o’tkazilganlik haqidagi kvitansiya nusxasi bilan birga Elchixonaga taqdim etiladi. Shundan keyingina Germaniya idoralari tomonidan berilgan hujjat O'zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi;
c) Chexiya (Rodny list), Shveytsariyaning (Personbevis) FHDYO idoralari tomonidan berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar. Legalizatsiya to'g'risidagi Gaaga bitimi doirasida hujjatlar o'zaro tan olinishi sababli, guvohnoma ushbu davlatlarning tegishli idoralarida Apostil qilinadi (Apostil muhri bosilishi). Shundan keyingina hujjat O'zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi.
Legalizatsiya yoki Apostil qilingan Tug'ilganlik haqidagi guvohnoma qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o'zbek yoki rus tiliga tarjima qilinadi.
2. Nikox tuzilganligi yoki nikox bekor qilinganligi to'g'risidagi guvohnoma.
a) O'zbekiston Respublikasi hududidagi FHDYO idoralari tomonidan yoki xorijdagi O'zbekistonning konsullik muassasalarida berilgan Nikox tuzilganligi yoki nikox bekor qilinganligi to'g'risidagi guvohnomalar (Legalizatsiya yoki Apostil, hamda tarjima talab qilinmaydi);
b) Germaniyaning FHDYO idoralari tomonidan berilgan Nikox tuzilganligi yoki nikox bekor qilinganligi to'g'risidagi guvohnomalar. Ushbu hujjat Elchixonada belgilangan tartibda Legalizatsiya qilinishi kerak. Buning uchun Germaniya tomonidan berilgan guvohnomaning asli Federal yer sudida (Landgericht) yoki boshqa tegishli fuqarolik masalalari bilan shug'ullanuvchi idorasida tasdiqlash uchun topshirilib muhr bosiladi. Keyin hujjatning asli bilan bir qatorda uning nusxasi Legalizatsiya uchun Elchixonaning hisob raqamiga to'lov (O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun - 25 evro va chet elliklar uchun - 65 evro) o’tkazilganlik haqidagi kvitansiya nusxasi bilan birga Elchixonaga taqdim etiladi. Shundan keyingina Germaniya idoralari tomonidan berilgan hujjat O'zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi;
c) Chexiya, Shveytsariyaning FHDYO idoralari tomonidan berilgan Nikox tuzilganligi yoki nikox bekor qilinganligi to'g'risidagi guvohnomalar. Legalizatsiya to'g'risidagi Gaaga bitimi doirasida hujjatlar o'zaro tan olinishi sababli, guvohnoma ushbu davlatlarning tegishli idoralarida Apostil qilinadi (Apostil muhri bosilishi). Shundan keyingina hujjat O'zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi.
Legalizatsiya yoki Apostil qilingan guvohnomalar qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o'zbek yoki rus tiliga tarjima qilinadi.
Agar hujjat Legalizatsiya qilinsa Apostil talab qilinmaydi yoki aksincha Apostil qilingan hujjat Legalizatsiya qilinmaydi (legalizatsiya va apostil tartib qoidalari).