Elchixonaning vaqtincha konsullik ro'yxatida turuvchi a'zolari uchun pasport rasmiylashtirish/almashtirish.
Germaniya, Chexiya, Shveytsariyada vaqtincha istiqomat qilayotgan va Elchixonaning vaqtincha konsullik ro’yxatidan o’tgan fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish/almashtirish tartibi.
Elchixonada vaqtincha ro’yxatdan o'tgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga yangi pasportlar rasmiylashtiradi/almashtiradi. Agar arizachi yoki voyaga yetmagan farzandi Elchixonada vaqtincha konsullik ro'yxatdan o'tmagan bo'lsa, avval vaqtincha konsullik ro'yxatidan o'tishi talab etiladi (vaqtincha konsullik ro'yxatdan o'tish tartibi). So'ngra pasport uchun hujjatlar qabul qilinadi.
Pasport rasmiylashtirish uchun murojaat etuvchining Elchixonaga qabul vaqtini belgilab shaxsan tashrif buyurishi talab etiladi. Pasport masalalari bo'yicha "E-navbat" orqali qabul vaqtini belgilash uchun havola: E-navbat.mfa.uz/texnolog/view?id=272.
Pasport rasmiylashtirish uchun talab etiladigan hujjatlar ro'yxati:
1. ANKETA-ariza. Ariza shaklini bosmadan chiqarib bosma harflar bilan o'zbek yoki rus tillarida to'ldirilishi kerak. Har bir ustundagi tafsilotlar to'liq to'ldirilgan ariza haqiqiy deb hisoblanadi (ariza shaklini bosmalash).
2. Pasportning asl nusxasi (biometrik yoki xorijga chiqish) va barcha sahifalardan nusxa (bo'sh sahifalaridan tashqari).
3. 3,5 x 4,5 sm o'lchamdagi fotosurat (2 dona). Ushbu fotosuratlar anketa uchun, pasportga esa arizachining o'zi Elchixonada rasmga tushiriladi.
4. Tug'ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi (hujjat taqdim etish tartibi).
5. Ariza beruvchining ushbu hududda qonuniy istiqomat qilishini tasdiqlovchi hujjati asli va nusxasi (yashash guvohnomasi yoki pasportdagi stiker yoki uzoq muddatli viza).
6. Harbiy guvohnoma yoki harbiy ro'yxatga olish guvohnomasining nusxasi, yoki mudofaa bo’limining belgilangan tartibdagi ma’lumotnomasi (harbiy hizmatga majburlar uchun). Ushbu ma’lumotnomani olish uchun doimiy ro'yxatdan o'tgan hududda joylashgan O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining mudofaa bo’limiga murojaat qilish zarur (harbiy ro'yxatga olish va xizmatga qabul qilish boshqarmasi).
7. Agar pasportni olish/almashtirish uchun o'z vaqtida ariza berilmagan bo‘lsa (pasportning amal qilish muddati tugagan holatda), vaziyat va sabablar batafsil tushuntirilgan konsul nomiga yozma tushuntirish xati berilishi kerak (shaklni yuklab oling). Pasport olish bo‘yicha o'z vaqtida murojjat qilinmagan bo’lsa (bir oydan ortiq) 18 yoshdan boshlab har bir kalendar yil uchun 50 evro jarima undiriladi. Belgilangan jarima to'langanligi to'g'risidagi kvitansiya qolgan hujjatlar bilan birga topshiriladi.
8. Taqdim etilgan yuqoridagi hujjatlar uchun fayl - 1 dona (namuna).
9. Konsullik yig'imi to'langanligi to'g'risida kvitansiya - 170 evro;
VOYAGA YETMAGAN SHAXSLAR UCHUN.
Voyaga etmagan va 16 yoshga to'lguniga qadar xorijga chiqish biometrik pasportini olmagan, ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari bilan Elchixonada vaqtinchalik ro’yxatdan o'tgan shaxslar uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. ANKETA-ariza. Ariza shaklini printer orqali bosmadan chiqarib bosma harflar bilan o'zbek yoki rus tillarida to'ldirilishi kerak. Har bir ustundagi tafsilotlar to'liq to'ldirilgan ariza haqiqiy deb hisoblanadi (ariza shaklini bosib chiqarish).
2. Tug'ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi (hujjat taqdim etish tartibi).
3. Agar amaldagi pasporti mavjud bo’lsa, pasportning asl nusxasi (yashil biometrik yoki xorijga chiqish) va barcha sahifalardan nusxa (bo'sh sahifalaridan tashqari).
4. 3,5 x 4,5 sm o'lchamdagi fotosurat (2 dona). Ushbu fotosuratlar anketa uchun, pasportga esa arizachining o'zi Elchixonada rasmga tushiriladi.
5. Voyaga etmaganning ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining pasportlari (yashil biometrik yoki xorijga chiqish) nusxalari (16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun). Agar ota-onadan birining pasportini taqdim etishning iloji bo'lmasa, tegishli hujjat taqdim etiladi, xususan:
a) o'lim to'g'risidagi guvohnoma;
b) ajralish to'g'risidagi guvohnoma yoki nikohni bekor qilinganligi haqidagi sud qaroridan ko'chirma (nusxa);
c) ota-onalardan birini yo'qolgan yoki o'lgan deb tan olinganligi to'g'risida vakolatli idoralarning ma'lumotnomasi;
d) bolani yolg'iz ota-onaga qaram deb topish to'g'risida;
e) qabul qiluvchi mamlakat qonunchiligiga muvofiq boshqa hujjat;
6. Ariza beruvchining, ota-onaning yoki voyaga etmaganning boshqa qonuniy vakilining ushbu hududda qonuniy istiqomat qilishini tasdiqlovchi hujjati asli va nusxasi (yashash guvohnomasi yoki pasportdagi stiker yoki uzoq muddatli viza).
7. Agar ota-onalardan biri xorij fuqarosi bo’lsa, uning bolaning xorijga chiqish biometrik pasportini olishga e'tirozi yo’qligini tasdiqlovchi notarial tasdiqlangan arizasi. Agar xorijlik ota yoki onaning arizasi yashash mamlakati tilida tuzilgan bo'lsa, unda ushbu hujjat qasamyod qilgan tarjimon tomonidan rus yoki o'zbek tillariga tarjima qilinishi kerak.
8. Ota-onaning nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi nusxasi, agar mavjud bo'lsa (hujjat taqdim etish tartibi).
9. O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy propiskada bo'lgan/yashaydigan ota yoki onaning notarial tasdiqlangan roziligi (agar 16 yoshga to'lmagan shaxs ota yoki ona bilan birga vaqtinchalik konsullik ro’xatida turgan bo'lsa).
10. Ota-ona yoki boshqa hamrohlik qilayotgan shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati.
11. Taqdim etilgan yuqoridagi hujjatlaringiz uchun fayl - 1 dona (namuna).
12. To’lov kvitansiyasi - 20 evro.
Familiyasi, ismi, otasining ismi, tug'ilgan sana, jinsi o'zgarishi yoki yozuvlardagi xatolar va noaniqliklar aniqlanishi munosabati bilan xorijga chiqish biometrik pasportini almashtirishda, fuqaro ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni konsullik muassasasiga taqdim etadi.
Ta'kidlash joizki, Elchixonaning konsullik bo'limi, agar zarur deb bilsa, yuqoridagi ro'yxatda ko'rsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish huquqiga ega.
Xorijda nikoh yoki ajrashish holatida, nikoh yoki ajralish to'g'risidagi guvohnomaning asl nusxasini legalizatsiya qilingan holatda (Germaniyada) yoki Apostil qo'yilgan (Apostil - Chexiya, Shveytsariya va Shvetsiya vakolatli organlarida) ushbu hujjatning belgilangan nusxasida taqdim etilishi kerak.
Ba'zi hollarda, konsullik bo’limi boshqa fuqaroligi yo'qligini tasdiqlovchi hujjatni aslini tarjimon tomonidan o'zbek yoki rus tillariga tarjimasi bilan belgilangan tartibda tasdiqlangan holda so'rashga haqlidir.
MUHIM!
1. Xorijda vaqtincha bo'lib turgan va Elchixonada vaqtincha konsullik ro’yxatida turmagan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari xorijga chiqish biometrik pasporti yoki O'zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomani olish uchun Elchixonaga murojaat qiladilar. Bunday holda hujjatlarni rasmiylashtirish O'zbekiston Respublikasining tegishli huquqni muhofaza qilish idoralari va maxsus vakolatli davlat idorasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Elchixonadagi barcha konsullik harakatlari uchun to'lov:
- elchixonada qabul vaqtida bank to'lov kartasi bilan;
- elchixonaga qabulga kelishdan oldin pul o'tkazish yo'li bilan (Überweisungsbeleg), bunda to'lov kvitansiyasi nusxasi hujjatlarga ilova qilinadi.
O'zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasining rekvizitlari:
Deutsche Bank Berlin
Kontonummer: 435 06 09 01
BLZ: 100 70 000
IBAN: DE46 1007 0000 0435 0609 01
BIC (SWIFT-Code): DEUTDEBB
Deutsche Bank Berlin
Unter den Linden 13/15
10117 Berlin