Vaqtincha konsullik ro'yxati.
Elchixonaning konsullik okrugi mamlakatlariga (Germaniya, Chexiya va Shveytsariya) vaqtincha kelgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning vaqtincha konsullik ro’yxatiga olinish tartibi.
I. Hukumatlararo bitimlar yoki kelishuvlar asosida uzoq xizmat safariga borgan.
II. Oliy o'quv yurtlarlarda tahsil olish (talaba maqomiga ega).
III. Uzoq muddatli davolanish uchun.
IV. Qonuniy mehnat faoliyati bilan shug’ullanish.
V. Oilaviy birlashish.
Vaqtincha konsullik ro’yxatidan o'tish uchun ariza beruvchi Elchixonaning konsullik okrugida qonuniy ravishda yashayotgan va yashash hujjatining amal qilish muddati olti oydan kam bo’lmasligi kerak.
Vaqtincha konsullik ro’yxatidan o'tish uchun konsullik yig'imi olinmaydi.
Vaqtincha konsullik ro'yxatidan o'tish uchun murojaat etuvchiga konsullik bo'limiga shaxsan murojaat qilishi tavsiya qilinadi va quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Anketa (16 yoshdan katta va voyaga yetmaganlar uchun). Anketa elektron shaklda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining interaktiv konsullik xizmatlari veb-saytlari - consul.mfa.uz yoki consulate.mfa.uz orqali to'ldiriladi. Onlayn fotosurat kiritilib har bir ustunda to'liq ma'lumotlar bilan to'ldirilgan anketa haqiqiy deb hisoblanadi. Elektron to'ldirgan anketa printer orqali alohida varaqqa bosmalanishi kerak.
2. 3 x 4 sm o'lchamdagi fotosurat (1 dona).
3. Pasport (asl nusxa) va barcha sahifalardan nusxa (bo'sh sahifalaridan tashqari). A4 formatdagi varaqning bitta sahifasida 2 sahifani tushirish mumkin.
4. Tug'ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi (hujjat taqdim etish tartibi).
5. Voyaga etmaganning ota-onalarning yoki boshqa qonuniy vakillarining pasportlari nusxalari (yashil biometrik yoki xorijga chiqish pasporti).
6. Ariza beruvchining, ota-onaning yoki voyaga etmaganning boshqa qonuniy vakilining ushbu hududda qonuniy istiqomat qilishini tasdiqlovchi hujjati (yashash guvohnomasi yoki pasportdagi stiker yoki uzoq muddatli viza) asli va nusxasi.
7. Nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma nusxasi, agar mavjud bo'lsa (hujjat taqdim etish tartibi).
8. Chet elga chiqish maqsadidan kelib chiqib, qo'shimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi (taqdim etish majburiy):
a) uzoq xizmat safarida bo’lsa:
- xorijga chiqish to'g'risidagi buyruq yoki guvohnoma nusxasi;
b) oliy o'quv yurtlarlarda tahsil olish:
- o'qish joyidan o'qish yo'nalishi va davomiyligi to'g'risidagi ma'lumotnoma (rus yoki o'zbek tillarida);
- talabalik guvohnomasining nusxasi.
v) uzoq muddatli davolanish uchun:
- qabul qiluvchi mamlakatning tibbiy muassasasi tomonidan berilgan taklifnomaning nusxasi;
- bemorni tibbiy ko'rikdan o'tganligi to'g'risidagi tibbiy muassasaning ma’lumotnomasi nusxasi;
d) qonuniy mehnat faoliyati bilan shug’ullanish:
- ish joyidan ish joyining davomiyligi va lavozimi to'g'risidagi ma'lumotnoma (rus yoki o'zbek tillarida);
- yoki mehnat shartnomasining nusxasi (rus yoki o'zbek tillarida);
e) oilaviy birlashish uchun.
- agar turmush qurgan bo'lsan, nikoh to'g'risidagi guvohnoma nusxasi;
- agar shaxs 16 yoshga to'lmagan bo'lsa, ota-onalarning pasportlari nusxalari;
- agar yangi tug'ilgan chaqaloq bo'lsa, tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi.
9. Taqdim etilgan yuqoridagi hujjatlar uchun fayl - 1 dona (namuna).
10. 16 yoshgacha bo'lgan shaxslar ham alohida ariza shaklini to'ldiradilar.
Talab etilgan hujjatlar to'plami Elchixonaga taqdim etilganidan so'ng, arizachining elektron pochtasiga vaqtincha konsullik hisobiga qabul qilinganligi to'g'risida tegishli ma'lumot yuboriladi.