Koronavirus pandemiyasi davrida xorijiy davlatlar hududidan O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurish bo‘yicha tartiblar to‘g‘risidagi maʼlumot
Koronavirus infeksiyasining yangi shtammi tarqalishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo’yicha respublika Maxsus komissiyasi quyidagi cheklovlarni joriy qilish bo’yicha qaror qabul qildi:
1. 2021-yil 3-dekabrdan Janubiy Afrika Respublikasi, Botsvana, Namibiya, Zimbabve, Mozambik, Madagaskar, Lesoto, Esvatini, Tanzaniya va Gonkong bilan xalqaro aviaqatnovlar (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublika hududiga kirish) to’xtatiladi.
2. Janubiy Afrika Respublikasi, Botsvana, Namibiya, Zimbabve, Mozambik, Madagaskar, Lesoto, Esvatini, Tanzaniya davlatlari va Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma'muriy hududi fuqarolari va ushbu mamlakatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi bo’lmagan shaxslar, shuningdek, so’nggi 14 kun davomida yuqoridagi davlatlarda bo’lgan uchinchi davlat fuqarolari 2021-yil 3-dekabrdan O’zbekiston hududiga kiritilmaydi;
3. Xorijiy davlatlardan O’zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchilar:
respublikaga tashrif buyurishidan kamida 72 soat oldin topshirilgan koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi bo’yicha manfiy ko’rsatkichga ega ma'lumotnomaga ega bo’lishlari lozim;
koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi bo’yicha manfiy ko’rsatkichga ega ma'lumotnomaga ega bo’lmaganda, aeroport, temir yo’l vokzallari va chegara o’tkazish punktlarida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga ekspress test topshirishlari shart;
4. Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Isroil, Italiya, Niderlandiya, Chexiya va Misr davlatlari hududidan O’zbekiston Respublikasi hududiga kirib keluvchi yo’lovchilar 3-bandda ko’rsatilgan talablar bajarilgandan so’ng O’zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan kundan e'tiboran o’n kun davomida majburiy uy karantini yoki o’z hisoblaridan mehmonxonaga karantinga joylashtiriladi.
Bundan tashqari, Oʻzbekistonda tibbiy niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash va joylarda dezinfeksiya qilish boʻyicha majburiy tartib joriy etilgan.