Elektron raqamli imzo (ERI) kaliti sertifikatini berish tartibi
Elchixonaning konsullik okrugi mamlakatlarida (Germaniya, Chexiya va Shveytsariya) faoliyat yuritayotgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari, hamda xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek fuqaroligi boʼlmagan shaxslarga Elektron raqamli imzo (ERI) kalitining sertifikatini berish tartibi.
Elektron raqamli imzo (ERI) kalitining sertifikatini olish uchun murojaat etuvchi shaxsan Elchixonaga tashrif buyurib, quyidagi hujjatlarni Elchixonaning konsullik bo'limiga taqdim etishi kerak:
JISMONIY SHAXSLAR UCHUN
1. O'zbekiston Respublikasining Germaniyadagi Elchixonasi konsuli nomiga ariza (namunani chop etish).
2. To'ldirilgan Anketa-so'rovnoma (shaklni chop eting). So'rovnoma elektron shaklda o'zbek tilida to'ldirilib, alohida varaqqa bosmalanishi kerak. Har bir ustunlar batafsil ma'lumotlar bilan, tuzatishlar va qo'shimchalarsiz to'liq to'ldirilgan so'rovnoma haqiqiy hisoblanadi.
3. Pasport (asl nusxa) va barcha sahifalardan nusxa (bo'sh sahifalar bundan mustasno). A4 formatdagi varaqning bitta sahifasida 2 sahifani tushirish mumkin.
4. Oʼzbekiston Respublikasida olingan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ma'lumoti (JShShIR).
5. Oʼzbekiston fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning ushbu hududda qonuniy yashayotganligini tasdiqlovchi hujjati nusxasi. Xususan, pasportdagi viza stikeri, yashash guvohnomasi yoki Germaniya, Chexiya, Shveytsariya vakolatli idoralarining arizachiga yashashga ruxsat berilganligini bildiruvchi alohida ma’lumotnomasi. Taqdim qilinayotgan hujjat qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o'zbek yoki rus tiliga tarjima qilinishi kerak.
6. Elektron raqamli imzo kaliti sertifiqati uchun USB flesh-diski - 1 dona.
7. Konsullik yig'imi to'langanligi to'g'risida kvitansiya:
a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun - 40 evro;
b) chet el fuqarolari uchun - 70 evro.
a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun - 40 evro;
b) chet el fuqarolari uchun - 70 evro.
8. Taqdim etgan yuqoridagi hujjatlar uchun fayl - 1 dona (namuna).
XORIJ YURIDIK SHAXSLAR UCHUN
1. O'zbekiston Respublikasining Germaniyadagi Elchixonasi konsuli nomiga notarial tasdiqlangan holdagi xat. Ushbu xatda yuridik shaxsning to'liq nomi va soliq to'lovchining identifikatsiya raqami (STIR) aniq ko'rsatilishi talab etiladi (namunani chop etish).
2. Agar Elektron raqamli imzo (ERI) egasi Yuridik shaxsning vakili (Yuridik shaxsning rahbari bundan mustasno) bo'lsa, so'rovnomaga ERI yopiq kaliti egasining familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi ko'rsatilgan hamda ushbu ERI yopiq kaliti egasiga ERI kalitlarini va ERI kalitining sertifikatini berish to'g'risida yuridik shaxsning xati va notarial tasdiqlangan ishonchnoma.
3. To'ldirilgan Anketa-so'rovnoma (shaklni chop eting). So'rovnoma elektron shaklda o'zbek tilida to'ldirilib, alohida varaqqa bosmalanishi kerak. Har bir ustunlar batafsil ma'lumotlar bilan, tuzatishlar va qo'shimchalarsiz to'liq to'ldirilgan so'rovnoma haqiqiy hisoblanadi.
4. Oʼzbekiston Respublikasida olingan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ma'lumoti (JShShIR).
5. Yuridik shaxsning rahbari pasporti (asl nusxa) va nusxasi.
6. Ishonch bildirilgan shaxsning pasporti (asl nusxa) va nusxasi.
7. Elektron raqamli imzo kaliti sertifiqati uchun USB flesh-diski - 1 dona.
8. Konsullik yig'imi to'langanligi to'g'risida kvitansiya - 70 evro.
9. Taqdim etgan yuqoridagi hujjatlar uchun fayl - 1 dona (namuna).
Elchixonadagi barcha konsullik harakatlari uchun to'lov:
- elchixonada qabul vaqtida bank to'lov kartasi bilan;
- elchixonaga qabulga kelishdan oldin pul o'tkazish yo'li bilan (Überweisungsbeleg), bunda to'lov kvitansiyasi nusxasi hujjatlarga ilova qilinadi.
O'zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasining rekvizitlari:
Deutsche bank berlin
Kontonummer: 435 06 09 01
BLZ: 100 70 000
IBAN: DE46 1007 0000 0435 0609 01
BIC (SWIFT-Code): DEUTDEBB
Deutsche bank berlin
Unter den Linden 13/15
10117 Berlin