Elchixona doimiy yoki vaqtincha konsullik ro'yxatida turgan fuqarolarning turmushga chiqishi munosabati bilan familiyanisini o'zgartirish va yangi pasport rasmiylashtirish.
Elchixonaning doimiy yoki vaqtincha konsullik ro'yxatida turgan fuqarolarning turmushga chiqishi munosabati bilan familiyanisini o'zgartirish va yangi pasport rasmiylashtirish.
Arizachining Elchixona orqali yangi familiyaga pasport olishi uchun, uning nikoh tuzilganligi to'g'risidagi guvohnomasida nikohdan keyin turmush o'rtog'ining familiyasiga o'tayotganligi ko'rsatilgan bo'lishi shart.
Agar arizachi Elchixonada vaqtincha yoki doimiy konsullik ro'yxatdan o'tmagan bo'lsa, avval konsullik ro'yxatidan o'tishi talab etiladi (vaqtincha konsullik ro'yxatdan o'tish tartibi) yoki (doimiy konsullik ro'yxatdan o'tish tartibi). So'ngra pasport uchun hujjatlar qabul qilinadi.
Pasport rasmiylashtirish uchun murojaat etuvchining Elchixonaga qabul vaqtini belgilab shaxsan tashrif buyurishi talab etiladi. Pasport masalalari bo'yicha "E-navbat" orqali qabul vaqtini belgilash uchun havola: E-navbat.mfa.uz/texnolog/view?id=272.
Pasport rasmiylashtirish uchun talab etiladigan hujjatlar ro'yxati:
1. ANKETA-ariza. Ariza shaklini bosmadan chiqarib bosma harflar bilan o'zbek yoki rus tillarida to'ldirilishi kerak. Har bir ustundagi tafsilotlar to'liq to'ldirilgan ariza haqiqiy deb hisoblanadi. Anketa bosmalash (vaqtincha hisobdagi) yoki (doimiy hisobdagi).
2. Pasportning asl nusxasi (biometrik yoki xorijga chiqish) va barcha sahifalardan nusxa (bo'sh sahifalaridan tashqari).
3. 3,5 x 4,5 sm o'lchamdagi fotosurat (2 dona). Ushbu fotosuratlar anketa uchun, pasportga esa arizachining o'zi Elchixonada rasmga tushiriladi.
4. Tug'ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi (hujjat taqdim etish tartibi).
5. Ariza beruvchining ushbu hududda qonuniy istiqomat qilishini tasdiqlovchi hujjati asli va nusxasi (yashash guvohnomasi yoki pasportdagi stiker).
6. Arizachining nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi nusxasi (hujjat taqdim etish tartibi).
7. Arizachi turmush o'rtog'ining pasporti asli va nusxasi.
8. Taqdim etilgan yuqoridagi hujjatlar uchun fayl - 1 dona (namuna).
9. Konsullik yig'imi to'langanligi to'g'risida kvitansiya - 170 evro;
DIQQAT!!!
Arizachi nikohini O'zbekiston Respublikasining adliya idoralarida ro'yxatga olish uchun yuqorida qayd etilgan hujjatlardan qo'shimcha tarzda yana 2 ta nusxa taqdim etilishi talab etiladi (anketa va rasmdan tashqari).
Elchixonadagi barcha konsullik harakatlari uchun to'lov:
- elchixonada qabul vaqtida bank to'lov kartasi bilan;
- elchixonaga qabulga kelishdan oldin pul o'tkazish yo'li bilan (Überweisungsbeleg), bunda to'lov kvitansiyasi nusxasi hujjatlarga ilova qilinadi.
O'zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasining rekvizitlari:
Deutsche Bank Berlin
Kontonummer: 435 06 09 01
BLZ: 100 70 000
IBAN: DE46 1007 0000 0435 0609 01
BIC (SWIFT-Code): DEUTDEBB
Deutsche Bank Berlin
Unter den Linden 13/15
10117 Berlin