Nima uchun Siz Elchixona bilan telefon orqali bog'lana olmayapsiz?
Elchixonaning Konsullik bo'limi fuqarolarning telefon orqali murojaatlariga shanba, yakshanba va bayram kunlaridan tashqari har kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha javob beradi.
Elchixonaga kun davomida fuqarolardan yuzlab telefon qo'ng'iroqlari amalga oshiriladi va mazkur murojaatlarning har biriga konsul shaxsan imkon qadar javob beradi.
Eslatib o'tamiz, telefon orqali qo’ng’iroq qilganda, agar konsullik xodimi band bo'lgan taqdirda (fuqaroni qabul qilish yoki telefon orqali boshqa murojaat etuvchi bilan gaplashish) tizim qo'ng'iroq qiluvchiga "band" ohangni bermaydi, balki monitorda aks ettirilgan holda chaqiruv ohangi ketadi va boshqa qo'ng'iroq kelayotganligini hodim ko’rish imkoniga ega bo’ladi. Biroq, ba'zi bir murojaat etuvchilar bir vaqtning o'zida qayta-qayta va to'xtovsiz qo'ng'roq qiladilar. Buning natijasida, murojaat etuvchida telefon qo'ng'irog'i javobsiz qoldirildi degan fikr paydo bo'ladi.
Shu munosabat bilan, agar hech kim qo’ng’iroqqa javob bermasa, bu hech kim yo'qligini anglatmaydi, balki boshqa murojaatchi qabuli yoki telefon suhbati bo’layotganligini anglatadi. Shu sababli, agar sizga telefon orqali bog’lana olmayotganday tuyulsa, ma'lum vaqtdan so'ng qayta qo'ng'iroq qilishingizni so'raymiz.
Shu bilan birga, tushlik uchun tanaffus paytida (soat 13:00 dan 14:00 gacha) telefon qo'ng'iroqlariga javob berilmasligini ma'lum qilamiz.