Notarial harakatlar.
O'zbekistonning Berlindagi Elchixonasi konsullik bo'limi Elchixonada doimiy yoki vaqtincha konsullik ro’xatida turgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi yo'q shaxslar, shuningdek Germaniyaning federal erlari: Berlin, Brandenburg, Bremen, Gamburg, Maklenburg-Vorpommern, Quyi Saksoniya, Saksoniya, Saksoniya-Anhalt, Shlesvig-Golshteyn va Turingiya, shuningdek Chexiya, Shveytsariya Konfederatsiyasida istiqomat qilayotgan chet el fuqarolarininig so'roviga asosan quyidagi notarial harakatlari amalga oshiriladi:
- ishonchnomalarni notarial rasmiylashtirish;
- vasiyatni notarial tasdiqlash;
- imzoni haqiqiyligini notarial tasdiqlash;
- transport vositalardan foydalanish va sotish huquqini beruvchi ishonchnomalarni berish;
- hujjattni o'zbek tiliga nemis va ingliz tiliga tarjima qilish (har bir bet uchun - 30 evro).
Notarial harakatlarni amalga oshirish bo'yicha murojaat etuvchi konsullik bo'limiga shaxsan murojaat qilishi talab qilinadi va quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Murojaat etuvchining pasporti (asl nusxa) va barcha sahifalardan nusxa (bo'sh sahifalar bundan mustasno). A4 formatdagi varaqning bitta sahifasida 2 sahifani tushirish mumkin;
2. Notarial harakat bilan bogliq shaxslarning pasporti nusxasi.
3. Agar notarial harakat uchun tug'ilganlik haqidagi guvohnoma tegishli bo'lsa, u holda asli va nusxasi. Tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar:
a) O'zbekiston Respublikasi hududidagi FHDYO idoralari tomonidan yoki xorijdagi O'zbekistonning konsullik muassasalarida berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar (Legalizatsiya yoki Apostil, hamda tarjima talab qilinmaydi);
b) Germaniyaning FHDYO idoralari tomonidan berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar. Ushbu hujjat Elchixonada belgilangan tartibda Legalizatsiya qilinishi kerak. Buning uchun Germaniya tomonidan berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomaning (Geburtsurkunde) asli Federal yer sudida (Landgericht) yoki boshqa tegishli fuqarolik masalalari bilan shug'ullanuvchi idorasida tasdiqlash uchun topshirilib muhr bosiladi. Keyin hujjatning asli bilan bir qatorda uning nusxasi Legalizatsiya uchun Elchixonaning hisob raqamiga to'lov (O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun - 25 evro va chet elliklar uchun - 65 evro) o’tkazilganlik haqidagi kvitansiya nusxasi bilan birga Elchixonaga taqdim etiladi. Shundan keyingina Germaniya idoralari tomonidan berilgan hujjat O'zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi;
c) Chexiya, Shveytsariyaning FHDYO idoralari tomonidan berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar. Legalizatsiya to'g'risidagi Gaaga bitimi doirasida hujjatlar o'zaro tan olinishi sababli, guvohnoma ushbu davlatlarning tegishli idoralarida Apostil qilinadi (Apostil muhri bosilishi). Shundan keyingina hujjat O'zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi.
Legalizatsiya yoki Apostil qilingan Tug'ilganlik haqidagi guvohnoma qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o'zbek yoki rus tiliga tarjima qilinadi.
4. Murojaat etuvchining ushbu hududda qonuniy istiqomat qilayotganligini tasdiqlovchi hujjat. Xususan, yashash guvohnomasi, pasportdagi stiker, viza, yoki Germaniya (Ausläderbehörde), Chexiya, Shveytsariya vakolatli idoralarining arizachiga yashashga ruxsat berilganligini bildiruvchi alohida ma’lumotnomasi (ma’lumotnoma qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o'zbek yoki rus tiliga tarjima qilinishi kerak).
5. Konsullik yig'imi to'langanligi to'g'risida kvitansiya;
Kerakli hujjatlar to'plami taqdim etilgandan so'ng, Notarial harakat murojaat qilingan kun yoki keyingi kunda amalga oshiriladi.
Elchixonadagi barcha konsullik harakatlari uchun to'lov:
- elchixonada qabul vaqtida bank to'lov kartasi bilan;
- elchixonaga qabulga kelishdan oldin pul o'tkazish yo'li bilan (Überweisungsbeleg), bunda to'lov kvitansiyasi nusxasi hujjatlarga ilova qilinadi.
O'zbekiston Respublikasining Berlindagi elchixonasining rekvizitlari:
Deutsche bank berlin
Kontonummer: 435 06 09 01
BLZ: 100 70 000
IBAN: DE46 1007 0000 0435 0609 01
BIC (SWIFT-Code): DEUTDEBB
Deutsche bank berlin
Unter den Linden 13/15
10117 Berlin