O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish.
Germaniya, Chexiya va Shveytsariyada doimiy yashovchi va Elchixonada doimiy konsullik ro'yxatidan o'tgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish bo'yicha hujjatlarni topshirish huquqiga ega.
O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish bo'yicha hujjatlarni topshirish istagida bo'lgan shaxs Elchixonaning konsullik bo'limiga shaxsan murojaat qilishi talab etiladi. Hujjatlarni boshqa shaxslar orqali yoki pochta orqali yuborishga yo'l qo'yilmaydi.
Ariza beruvchi O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish uchun Elchixonaning konsullik bo'limiga ikki nusxada quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining nomiga iltimosnoma (zarur bo'lgan namunani chop etish). Iltimosnoma bir xil rangdagi ruchka bilan fuqarolikdan chiqish sabablari tafsiloti bilan qo'lda to'ldirilishi kerak. Ularda hech qanday tuzatish yoki o'zgartirish kiritishga yo'l qo'yilmaydi.
2. To'ldirilgan Anketa-so'rovnoma (shaklni chop eting). So'rovnoma shakli elektron shaklda yoki bosma shaklda o'zbek tilida bosma harflar bilan to'ldirilishi mumkin. Agar elektron shaklda to'ldirilgan bo'lsa, u oxirida chop etilishi kerak. Har bir ustunlar batafsil ma'lumotlar bilan, tuzatishlar va qo'shimchalarsiz to'liq to'ldirilgan so'rovnoma haqiqiy hisoblanadi. (namunaga qarang).
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining nomiga iltimosnoma (zarur bo'lgan namunani chop etish). Iltimosnoma bir xil rangdagi ruchka bilan fuqarolikdan chiqish sabablari tafsiloti bilan qo'lda to'ldirilishi kerak. Ularda hech qanday tuzatish yoki o'zgartirish kiritishga yo'l qo'yilmaydi.
2. To'ldirilgan Anketa-so'rovnoma (shaklni chop eting). So'rovnoma shakli elektron shaklda yoki bosma shaklda o'zbek tilida bosma harflar bilan to'ldirilishi mumkin. Agar elektron shaklda to'ldirilgan bo'lsa, u oxirida chop etilishi kerak. Har bir ustunlar batafsil ma'lumotlar bilan, tuzatishlar va qo'shimchalarsiz to'liq to'ldirilgan so'rovnoma haqiqiy hisoblanadi. (namunaga qarang).
3. Elektron shaklda to'ldirilgan Anketa-so'rovnoma. Anketa formasini elektron shaklda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining interaktiv konsullik xizmatlari veb-saytlari - consul.mfa.uz yoki consulate.mfa.uz orqali to'ldiriladi. Onlayn fotosurat kiritilib har bir ustunda to'liq ma'lumotlar bilan to'ldirilgan anketa haqiqiy deb hisoblanadi. To'ldirgandan so'ng, anketa alohida varaqqa bosmalanishi kerak.
4. Tarjimai xol (kompyuterda yozilishi kerak). Tarjimai xol ma'lumotlarini xronologik tartibda, oxirgi ish joyining aniq manzili va egallab turgan lavozimi, ism-sharifi, telefon raqami, elektron pochta manzili, O'zbekiston Respublikasi va xorij mamlakatda yashaydigan yaqin qarindoshlarining manzillari va telefonlarini ko'rsatgan holda to'ldiriladi (namunaga qarang). Arizachidan tarjimai xolni elektron shaklini (doc. yoki docx. fayl) alohida ravishda Elchixonaning konsulat@uzbekistan.de elektron manziliga yuborishi talab etiladi.
5. Pasportning asli va barcha sahifalardan nusxasi (biometrik bo'lmagan, biometrik yoki xorijga chiqish biometrik pasporti), shu jumladan bo'sh sahifalar (A4 varaqning bitta sahifasida 2 bet bo'lishi mumkin), sahifalar tartib bilan bo'lishi kerak.
6. Arizachining tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi:
a) O'zbekiston Respublikasi hududidagi FHDYO idoralari tomonidan yoki xorijdagi O'zbekistonning konsullik muassasalarida berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar (Legalizatsiya yoki Apostil, hamda tarjima talab qilinmaydi);
b) Germaniyaning FHDYO idoralari tomonidan berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar. Ushbu hujjat Elchixonada belgilangan tartibda Legalizatsiya qilinishi kerak. Buning uchun Germaniya tomonidan berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomaning (Geburtsurkunde) asli Federal yer sudida (Landgericht) yoki boshqa tegishli fuqarolik masalalari bilan shug'ullanuvchi idorasida tasdiqlash uchun topshirilib muhr bosiladi. Keyin hujjatning asli bilan bir qatorda uning nusxasi Legalizatsiya uchun Elchixonaning hisob raqamiga to'lov (O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun - 25 evro va chet elliklar uchun - 65 evro) o’tkazilganlik haqidagi kvitansiya nusxasi bilan birga Elchixonaga taqdim etiladi. Shundan keyingina Germaniya idoralari tomonidan berilgan hujjat O'zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi;
c) Chexiya va Shveytsariyaning FHDYO idoralari tomonidan berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar. Legalizatsiya to'g'risidagi Gaaga bitimi doirasida hujjatlar o'zaro tan olinishi sababli, guvohnoma ushbu davlatlarning tegishli idoralarida Apostil qilinadi (Apostil muhri bosilishi). Shundan keyingina hujjat O'zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi.
Legalizatsiya yoki Apostil qilingan Tug'ilganlik haqidagi guvohnoma qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilinadi.
7. Xorij fuqaroligini qabul qilish to'g'risidagi kafolat xati nusxasi yoki chet davlatning fuqaroligini qabul qilganligi to'g'risidagi guvohnomasi (Einbuergerungszusicherung oder Einbuergerungsurkunde) o'zbek tiliga tarjima qilingan holda. Agar shaxs chet davlatning fuqaroligini olgan bo'lsa, bu holda chet davlat pasportining nusxasi taqdim etiladi.
8. Ariza beruvchining, ota-onaning yoki voyaga etmaganning boshqa qonuniy vakilining ushbu hududda qonuniy istiqomat qilishini tasdiqlovchi hujjati (yashash guvohnomasi yoki pasportdagi stiker yoki viza) asli va nusxasi. Hujjat qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilinishi kerak.
9. Nikox tuzilganligi yoki nikox bekor qilinganligi to'g'risidagi guvohnoma nusxasi, agar mavjud bo'lsa:
a) O'zbekiston Respublikasi hududidagi FHDYO idoralari tomonidan yoki xorijdagi O'zbekistonning konsullik muassasalarida berilgan Nikox tuzilganligi yoki nikox bekor qilinganligi to'g'risidagi guvohnomalar (Legalizatsiya yoki Apostil, hamda tarjima talab qilinmaydi);
b) Germaniyaning FHDYO idoralari tomonidan berilgan Nikox tuzilganligi yoki nikox bekor qilinganligi to'g'risidagi guvohnomalar. Ushbu hujjat Elchixonada belgilangan tartibda Legalizatsiya qilinishi kerak. Buning uchun Germaniya tomonidan berilgan guvohnomaning asli Federal yer sudida (Landgericht) yoki boshqa tegishli fuqarolik masalalari bilan shug'ullanuvchi idorasida tasdiqlash uchun topshirilib muhr bosiladi. Keyin hujjatning asli bilan bir qatorda uning nusxasi Legalizatsiya uchun Elchixonaning hisob raqamiga to'lov (O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun - 25 evro va chet elliklar uchun - 65 evro) o’tkazilganlik haqidagi kvitansiya nusxasi bilan birga Elchixonaga taqdim etiladi. Shundan keyingina Germaniya idoralari tomonidan berilgan hujjat O'zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi;
c) Chexiya va Shveytsariyaning FHDYO idoralari tomonidan berilgan Nikox tuzilganligi yoki nikox bekor qilinganligi to'g'risidagi guvohnomalar. Legalizatsiya to'g'risidagi Gaaga bitimi doirasida hujjatlar o'zaro tan olinishi sababli, guvohnoma ushbu davlatlarning tegishli idoralarida Apostil qilinadi (Apostil muhri bosilishi). Shundan keyingina hujjat O'zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi.
Legalizatsiya yoki Apostil qilingan guvohnomalar qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilinadi.
10. Fuqarolikdan chiqishga turmush o'rtog'ining notarial tartibda tasdiqlangan roziligi (namunaga qarang) va pasporti nusxasi.
11. Arizada bola ko'rsatilgan taqdirda, uning tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomasi (Legalizatsiya yoki Apostil qilinib qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingan holda) va pasporti (mavjud bo'lsa) nusxasi. Bunday xollarda bolaning otasi yoki onasi O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini saqlab qolayotgan bo'lsa, uning notarial tartibda tasdiqlangan roziligi talab etiladi (nikox bekor qilingan xolatlar bundan mustasno emas).
12. 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolaning ota-onaning biri bilan O'zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish to'g'risidagi yozma roziligi (namunaga qarang).
13. Arizachining O'zbekistonda doimiy propiskadagi O'zbekiston fuqarosi bo'lgan ota-onasi, yoki uning qaramog'idagi boshqa shahslarning ariza beruvchiga nisbatan mulkiy e'tirozlari mavjud emasligi va fuqarolikdan chiqishiga qarshiligi yo'q'ligi haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan arizasi. Agar tegishli holatlar mavjud bo'lmasa quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- ko'rsatilgan shaxslarni vafot etganligi haqidagi guvohnomasi;
- ko'rsatilgan shaxslarni ota-onalik huquqlaridan mahrum qilinganligi, muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo'qolgan deb topilganligi yohud fuqaroni vafot etgan deb e'lon qilinganligi haqidagi qonuniy kuchga kirgan sud qarori;
- yolg'iz ota yoki ona ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
14. 3,5 x 4,5 sm o'lchamdagi fotosuratlar (4 dona).
15. Taqdim etilgan yuqoridagi hujjatlar uchun fayl (Plastikschnellhefter) - 1 dona (namuna).
15. Taqdim etilgan yuqoridagi hujjatlar uchun fayl (Plastikschnellhefter) - 1 dona (namuna).
16. Konsullik yig'imi to'langanligi to'g'risida kvitansiya - 130 evro.
MUHIM!
- Agar ariza beruvchi va uning oila a'zolari (turmush o'rtog'i va bolalari) Germaniya/Chexiya/Shvetsiya/Shveytsariya fuqarolari bo'lsa yoki chet el fuqaroligini berish kafolatiga ega bo'lsa, bunday hollarda ushbu hujjatlarning nusxalarini (Einbürgerungzusicherung, Einbürgerungsurkunde yoki Kopie des Ausweises), o'zbek tiliga tarjimasi bilan taqdim etish talab etiladi.
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 martdagi "O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga oid masalalarni ko'rib chiqishning yangilangan tartibini belgilash to'g'risida"gi PF-6185-sonli Farmonning 9-bandiga muvofiq, ariza beruvchi tomonidan taqdim etiladigan O'zbekiston Respublikasi davlat tilida bo'lmagan hujjatlar arizachi tomonidan davlat tiliga (o'zbek tili) tarjima qilinadi.
- Agar O'zbekiston Respublikasining halqaro shartnomasida boshqacha qoidalar belgilanmagan bo'lsa, horijdagi mutasaddi tashkilotlar tomonidan berilgan hujjatlar, O'zbekiston Respublikasida haqiqiy hisoblanishi uchun Legalizatsiya yoki Apostil qililgan bo'lishi lozim.
- Agar O'zbekiston Respublikasining halqaro shartnomasida boshqacha qoidalar belgilanmagan bo'lsa, horijdagi mutasaddi tashkilotlar tomonidan berilgan hujjatlar, O'zbekiston Respublikasida haqiqiy hisoblanishi uchun Legalizatsiya yoki Apostil qililgan bo'lishi lozim.
- Murojaat etuvchidan barcha hujjatlar kelib tushgan va ularni konsullik bo'limida tekshirgan paytdan boshlab iltimosnoma ijro uchun qabul qilingan hisoblanadi.
- Agar arizachi manzilini yoki telefon raqamini o'zgartirsa, bu haqda konsullik bo'limiga yozma ravishda xabar berishi so'raladi. Ariza beruvchining haqiqiy manzili va telefon raqami bo'lmasa, konsullik bo'limi O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to'g'risidagi hujjatlarni ko'rib chiqish natijalari to'g'risida o'z vaqtida xabar berishga kafolat bermaydi.
Fuqarolikdan chiqish masalalari bo'yicha arizalarni ko'rib chiqish holati to'g'risidagi ma'lumotnomalar konsullik bo'limiga topshirilgandan so'ng darhol beriladi. Takroriy ma'lumotnomalar pullik - 40 evro miqdoridagi konsullik yig'imi asosida beriladi. Takroriy ma'lumotnomani olish uchun konsullik bo'limiga ariza va pasport nusxasini (faqat fotosurati bo'lgan sahifani), qaytarish uchun etarli marka yopishtirilib, o'z manzili ko'rsatilgan konvert bilan yuborish kerak.
Elchixonadagi barcha konsullik harakatlari uchun to'lov:
- elchixonada qabul vaqtida bank to'lov kartasi bilan;
- elchixonaga qabulga kelishdan oldin pul o'tkazish yo'li bilan (Überweisungsbeleg), bunda to'lov kvitansiyasi nusxasi hujjatlarga ilova qilinadi.
O'zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasining rekvizitlari:
Deutsche bank berlin
Kontonummer: 435 06 09 01
BLZ: 100 70 000
IBAN: DE46 1007 0000 0435 0609 01
BIC (SWIFT-Code): DEUTDEBB
Deutsche bank berlin
Unter den Linden 13/15
10117 Berlin