O'zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnomani rasmiylashtirish.
O'zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi Elchixonaning Konsullik bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy ro’yxatdan o’tgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga O'zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti yoki fuqaroligi yo’q shaxs guvohnomasi yo'qolgan, yaroqsiz holga kelgan, muddati o’tgan, barcha betlari foydalanib bo’lingan hollarda rasmiylashtiriladi.
O'zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish uchun murojaat etuvchi Elchixonaga shaxsan tashrif buyurib, konsullik suhbatidan o'tishi va quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
1. O'zbekiston Respublikasining Germaniyadagi Elchixonasi konsuli nomiga ariza (namunani chop etish).
2. To'ldirilgan Anketa-ariza 2-nusxada. Anketa elektron shaklda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining interaktiv konsullik xizmatlari veb-saytlari consul.mfa.uz yoki consulate.mfa.uz orqali to'ldiriladi. Onlayn fotosurat kiritilib har bir ustunda to'liq ma'lumotlar bilan to'ldirilgan anketa haqiqiy deb hisoblanadi. To'ldirgandan so'ng, anketa yuqori o’ng burchagida shtrixli kod bilan tayyor bo'ladi va uni varaqqa bosmalash talab etiladi;
3. 3,5 x 4,5 sm o'lchamdagi fotosurat (2 dona).
4. Pasportning asli va nusxasi (yaroqsiz holga kelgan va muddati o’tgan, barcha betlari foydalanib bo’lingan hollarda).
5. Politsiyadan pasport yo'qolganligi to'g'risidagi ma’lumotnoma (pasport yo'qolgan taqdirda). Ma’lumotnoma qabul qiluvchi mamlakatning vakolatli idorasi tomonidan tasdiqlangan va qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o'zbek yoki rus tillariga tarjima qilingan bo'lishi kerak. Ushbu ma’lumotnomaning asli va nusxasi tarjimasi bilan birga taqdim etiladi.
6. Pasport yo'qotilgan taqdirda, iloji boricha yo'qolgan pasport yoki O'zbekiston Respublikasining vakolatli idoralari tomonidan berilgan boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasini taqdim etish kerak.
7. Tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi. Tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar:
a) O'zbekiston Respublikasi hududidagi FHDYO idoralari tomonidan yoki xorijdagi O'zbekistonning konsullik muassasalarida berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar (Legalizatsiya yoki Apostil, hamda tarjima talab qilinmaydi);
b) Germaniyaning FHDYO idoralari tomonidan berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar. Ushbu hujjat Elchixonada belgilangan tartibda Legalizatsiya qilinishi kerak. Buning uchun Germaniya tomonidan berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomaning (Geburtsurkunde) asli Federal yer sudida (Landgericht) yoki boshqa tegishli fuqarolik masalalari bilan shug'ullanuvchi idorasida tasdiqlash uchun topshirilib muhr bosiladi. Keyin hujjatning asli bilan bir qatorda uning nusxasi Legalizatsiya uchun Elchixonaning hisob raqamiga to'lov (O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun - 25 evro va chet elliklar uchun - 65 evro) o’tkazilganlik haqidagi kvitansiya nusxasi bilan birga Elchixonaga taqdim etiladi. Shundan keyingina Germaniya idoralari tomonidan berilgan hujjat O'zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi;
c) Chexiya (Rodny list), Shveytsariya va Shvetsiyaning (Personbevis) FHDYO idoralari tomonidan berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar. Legalizatsiya to'g'risidagi Gaaga bitimi doirasida hujjatlar o'zaro tan olinishi sababli, guvohnoma ushbu davlatlarning tegishli idoralarida Apostil qilinadi (Apostil muhri bosilishi). Shundan keyingina hujjat O'zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi.
Legalizatsiya yoki Apostil qilingan Tug'ilganlik haqidagi guvohnoma qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o'zbek yoki rus tiliga tarjima qilinadi.
8. Voyaga etmaganning ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining pasportlarining (biometrik bo'lmagan, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometric) barcha varaqlaridan (bo'sh varaqlaridan tashqari) nusxalar (16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun).
9. Voyaga etmaganning ota-onalarining nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi nusxasi (hujjat taqdim etish tartibi).
10. Ariza beruvchining, ota-onaning yoki voyaga etmaganning boshqa qonuniy vakilining ushbu hududda qonuniy istiqomat qilishini tasdiqlovchi hujjati (yashash guvohnomasi yoki pasportdagi stiker yoki viza) asli va nusxasi.
11. Konsullik yig'imi to'langanligi to'g'risidagi kvitansiya - 60 evro, 16 yoshgacha bo'lganlar uchun to'lov - 10 evro.
MUHIM MA'LUMOT!
- O'zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma faqat O'zbekistonning vakolatli idoralaridan tegishli tasdiq olinganidan keyingina beriladi.
- O'zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma bir oy muddatga va faqat istisno hollarda esa uch oygacha rasmiylashtiriladi, biroq muddati uzaytirilmaydi.
- O'zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma har bir shaxs uchun alohida rasmiylashtiriladi. Voyaga etmagan bolalar haqidagi ma’lumot boshqa shaxsning guvohnomasiga kiritilmaydi.
- O'zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma yaroqsiz holga kelgan, muddati o’tgan yoki barcha betlari foydalanib bo’lingan pasport o’rniga berilgan hollarda, eski passport Elchixonaga topshirilishi kerak.
- O'zbekiston Respublikasiga qaytib kelgandan so’ng, fuqaro mazkur guvohnomaning amal qilish muddati tugash kundan kechiktirmay yangi pasport olish uchun doimiy yashash tumanidagi ichki ishlar bo’limiga murojaat etishi shart.
Quyidagi hollarda murojaat etuvchiga O'zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma berilmasligi mumkin:
- o'zi haqida bila turib yolg'on ma'lumot berish yoki hujjat yo’qotilganligi bo’yicha soxta xabar berish;
- taqdim etilgan hujjatlarning belgilangan talablarga nomuvofiqligi (ro'yxat asosida tayyorlanmaganligi, noto'g'ri to'ldirish).
Elchixonadagi barcha konsullik harakatlari uchun to'lov:
- elchixonada qabul vaqtida bank to'lov kartasi bilan;
- elchixonaga qabulga kelishdan oldin pul o'tkazish yo'li bilan (Überweisungsbeleg), bunda to'lov kvitansiyasi nusxasi hujjatlarga ilova qilinadi.
Deutsche Bank Berlin
Kontonummer: 435 06 09 01
BLZ: 100 70 000
IBAN: DE46 1007 0000 0435 0609 01
BIC (SWIFT-Code): DEUTDEBB
Deutsche Bank Berlin
Unter den Linden 13/15
10117 Berlin