Fuqarolar qabuli
Elchixonaning konsullik bo'limi
O'zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasining konsullik okrugiga Germaniya Federativ Respublikasining 10 ta federal erlari (Berlin, Brandenburg, Bremen, Gamburg, Maklenburg-Vorpommern, Quyi Saksoniya, Saksoniya, Saksoniya-Anxalt, Shlesvig-Xolshteyn, Tyuringiya), shuningdek Chexiya va Shveytsariya Konfederatsiyasi kiradi.
Shu munosabat bilan, yuqorida ko'rsatilgan hududda istiqomat qiluvchi shaxslar barcha konsullik masalalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasining konsullik bo'limiga murojaat qilishlari kerak.
Germaniya Federativ Respublikasining boshqa federal erlarida (Bavariya, Baden-Vürtemberg, Hessen, Reynland-Palatinat, Saarland, Shimoliy Reyn-Vestfaliya) yashaydigan shaxslar, barcha konsullik masalalari bo'yicha Frankfurt-Mayndagi O'zbekiston Respublikasining Bosh Konsulligiga murojaat qilishlari kerak (manzili va telefon raqamlarini quyida ko'rib chiqing).
Elchixonaning Konsullik Bo'limi fuqarolar qabulini quyidagi jadval asosida olib boradi:
- Pasportdan tashqari barcha konsullik masalalari bo'yicha:
dushanba, seshanba, chorshanba va juma kunlari soat 09:30 dan 12:00 gacha
- Pasport masalalari bo’yicha:
dushanba, seshanba, chorshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 17:00 gacha
- Tushlik uchun tanaffus:
soat 13:00 dan 14:00 gacha.
Telefon orqali maslahatlashuvlar shanba, yakshanba va bayram kunlaridan tashqari har kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha olib boriladi.
Payshanba, shanba va yakshanba kunlari, shuningdek bayram kunlarida, konsullik masalalari bo'yicha tashrif buyuruvchilarni qabul qilish faqat oldindan kelishuv asosida amalga oshiriladi.
Konsullik masalalari bo'yicha qabulga yozilish uchun, ushbu saytda "E-navbat" orqali qabul vaqtini belgilash mumkin.
Elektron navbat olish uchun havola: E-navbat.mfa.uz/texnolog/usluga?id=42.
O'zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasi bilan bog'lanish uchun ma'lumotlar:
Perleberger Strasse 62, 10559 Berlin
Tel.: (+4930) 39 40 98 - 17 yoki - 24
Faks.: (+4930) 39 40 98 - 21 yoki - 62
Elektron pochta manzili: konsulat@uzbekistan.de
Veb-sayt: www.uzbekistan.de
Elchixonadagi barcha konsullik harakatlari uchun to'lov faqat pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi (Überweisungsbeleg).
O'zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasining rekvizitlari:
Deutsche Bank Berlin
Kontonummer: 435 06 09 01
BLZ: 100 70000
IBAN: DE46 1007 0000 0435 0609 01
BIC (SWIFT-Code): DEUTDEBB
Deutsche Bank Berlin
Unter den Linden 13/15, 10117 Berlin
MUHIM! HURMATLI MUROJAAT ETUVCHILAR!
1. Telefon orqali qo’ng’iroq qilganda, agar konsullik xodimi band bo'lgan taqdirda (fuqaroni qabul qilish yoki telefon orqali boshqa murojaat etuvchi bilan gaplashish) tizim qo'ng'iroq qiluvchiga "band" ohangni bermaydi, balki monitorda aks ettirilgan holda chaqiruv ohangi ketadi va boshqa qo'ng'iroq kelayotganligini hodim ko’rish imkoniga ega bo’ladi. Shu munosabat bilan, agar hech kim qo’ng’iroqqa javob bermasa, bu hech kim yo'qligini anglatmaydi, balki boshqa murojaatchi qabuli yoki telefon suhbati bo’layotganligini anglatadi. Shu sababli, agar sizga telefon orqali bog’lana olmayotganday tuyulsa, ma'lum vaqtdan so'ng qayta qo'ng'iroq qilishingizni so'raymiz.
(Qo’ng’iroqlarni aniq belgilangan raqamlardan amalga oshirishingizni so’raymiz, yashirin raqamlardan qilingan qo'ng'iroqlar Elchixonaning telefon tizimi tomonidan qabul qilinmaydi).
2. Elektron pochta orqali murojaat qilingan taqdirda, sizdan shaxsingizni tasdiqlovchi to'liq ma'lumotni berishingizni so'raymiz (to'liq ismingiz, pasport ma'lumotlari, O'zbekistonda va istiqomat qilayotgan mamlakatda yashash joyingiz manzili, va bo’lanish uchun telefon raqami), aks holda ushbu murojaat - spam (virus) deb hisoblanadi. Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar elektron pochta orqali murojaatlarini qat'iy ravishda o'zbek yoki rus tillarida amalga oshirishlari talab etiladi.
3. Shuni ham e'tiborga olingki, hujjatlar pochta orqali yuborilgan taqdirda, Elchixona hujjatlar yuborilishi uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi va bu bilan bog'liq harajatlarni qoplamaydi.
O'zbekiston Respublikasining bayramlari:
1 yanvar - Yangi yil
8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni
21 mart - Navro'z
9 may - Xotira va qadrlash kuni
1 sentyabr - O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni
1 oktyabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni
8 dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
Ramazon Xayiti (oy taqvimi bo'yicha)
Qurbon Xayiti (oy taqvimi bo'yicha)
O'zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh Konsulligining aloqa ma'lumotlari:
Eschenheimer Anlage 1
60316 Frankfurt am Main
Tel.: 069 915 0 1111 0
Faks.: 069/915 01 11 15
Elektron pochta manzili: frankfurt@gk-usbekistan.de
Veb-sayt: www.gk-usbekistan.de
60316 Frankfurt am Main
Tel.: 069 915 0 1111 0
Faks.: 069/915 01 11 15
Elektron pochta manzili: frankfurt@gk-usbekistan.de
Veb-sayt: www.gk-usbekistan.de
O'zbekiston Respublikasining Shvetsiya Qirolligidagi Elchixonasi aloqa ma'lumotlari:
Hantverkargatan 26
11221 Stockholm
Tel.: +46 8-500 891 30
Mobil.: +46 7-305 744 60
Elektron pochta manzili: se.uzconsulate@mfa.uz
11221 Stockholm
Tel.: +46 8-500 891 30
Mobil.: +46 7-305 744 60
Elektron pochta manzili: se.uzconsulate@mfa.uz