Koronavirus pandemiyasi davrida xorijiy davlatlar hududidan O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurish bo‘yicha tartiblar to‘g‘risidagi maʼlumot
Koronavirus infeksiyasining yangi shtammi tarqalishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo’yicha respublika Maxsus komissiyasi quyidagi cheklovlarni joriy qilish bo’yicha qaror qabul qildi:
2022-yilning 15-yanvar kunidan xorijiy davlatlardan O’zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchilar:
- respublikaga tashrif buyurishidan kamida 48 soat oldin topshirilgan koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi bo’yicha manfiy ko’rsatkichga ega ma'lumotnomaga ega bo’lishlari lozim;
- shu bilan birga, aeroport, temir yo’l vokzallari va chegara o’tkazish punktlarida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga ekspress test topshirishlari shart;