Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi Elchisi doktor Tilo Klinner bilan uchrashuv to‘g‘risida
2021-yilning 23-noyabr kuni O‘zbekistonning Respublikasining Germaniyadagi Elchisi Nabijon Kasimov ayni paytda Berlin shahrida bo‘lib turgan Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi Elchisi doktor Tilo Klinner bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Germaniya munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilinib, bo‘lajak qo‘shma tadbirlarning kun tartibi va jadvali ko‘rib chiqildi. Xususan, rejalashtirilgan siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi, hukumatlararo komissiyalar majlislari, oʻzaro tashriflar, shuningdek, 2022-yilning mart oyida Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish borasida yaqin hamkorlik qilish toʻgʻrisida kelishib olindi.
Uchrashuv mobaynida tomonlar o’zaro savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish, “Yashil Markaziy Osiyo” tashabbusini amalga oshirishga ham alohida e’tibor qaratildi.
Elchi doktor Klinner Germaniya Federativ hukumati nomidan Germaniya fuqarolari, afg‘onlar va boshqa davlatlar fuqarolarini Afg‘onistondan evakuatsiya qilishni tashkil etishda ko‘rsatgan yordami uchun O‘zbekiston tomoniga yana bir bor minnatdorlik bildirdi.