O'zbekiston-Germaniya madaniy-gumanitar sohadagi hamkorligining holati va istiqbollari muhokama qilindi
2021-yilning 16-mart kuni O’zbekistonning Germaniyadagi elchisi Nabijon Kasimov Germaniya Federativ Respublikasi Federal tashqi ishlar vazirligi tashqi madaniy siyosat bo’yicha Maxsus vakili, Madaniyat va kommunikatsiyalar departamenti direktori o’rinbosari, O'zbekiston-Germaniya madaniy hamkorlik bo’yicha qo’shma komissiyasi hamraisasi Irmgard Mariya Fellner xonim bilan uchrashdi.
Madaniy-gumanitar sohadagi ikki tomonlama hamkorlikning holati va istiqbollari, shu jumladan, qo’shma tadbirlar va loyihalarni, xususan, Berlindagi Jeyms Saymon galereyasida O’zbekiston muzeylari kollektsiyalari ko’rgazmasini tashkil etish masalalari.
Muzokaralar chog‘ida O’zbekiston-Germaniya madaniy hamkorlik bo’yicha qo’shma komissiyaning navbatdagi yig’ilishini o’tkazishning tashkiliy masalalar borasida ham fikr almashildi va O'zbekistonda nemis tilini o’rganish infratuzilmasini kengaytirish maqsadida hamkorlik yuzasidan kelishuvlarga erishildi.