Germaniya Federal Tashqi ishlar vazirligining Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish departamenti rahbari M.Klor-Berhtold bilan uchrashuv to‘g‘risida
2021-yilning 11-mart kuni O‘zbekistonning Germaniyadagi Elchisi Nabijon Kasimov Germaniya Federal Tashqi ishlar vazirligining Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish departamenti rahbari Mihael Klor-Berhtold bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuv mobaynida O’zbekiston va Germaniya o’rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Jumladan, davlatlararo savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni jadallashtirish, hamda energetika va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishlaridagi aloqalarni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashishdi. Shu bilan birga Orol dengizi fojiasi oqibatlarini oldini olishga qaratilgan Germaniyaning “Yashil Markaziy Osiyo” tashabbusini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar davomida “O’zbekiston-Yevropa Ittifoqi” formatidagi, hamda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi ko’p tomonlama hamkorlikning ham dolzarb malasalari muhokama qilindi.