Germaniya Bundestagining Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot qo’mitasi raisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2021-yilning 23-fevral kuni elchixonada Germaniya Bundestagining Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot qo’mitasi raisi, doktor Peter Ramsauer (CDU/CSU) bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuv davomida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Germaniya Bundestagi o’rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
Germaniya parlamentariysiga O’zbekistonda jamiyatni yanada demokratlashtirish va iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar, respublikaning tashqi siyosati va Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikning asosiy yo’nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi va BMT Inson huquqlari bo’yicha Kengashining 46-sessiyasi doirasida ilgari surilgan tashabbuslarga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv so’ngida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni o’zaro qo’llab-quvvatlash va muntazam ravishda muloqotda bo’lib turishga kelishib olindi.