O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini olish tartibi (JShShIR)
Elchixonaning konsullik okrugi mamlakatlarida (Germaniya, Chexiya va Shveytsariya) faoliyat yuritayotgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari, hamda xorij va fuqaroligi boʼlmagan jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini olish tartibi (JShShIR).
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini olish (JShShIR) uchun murojaat etuvchi shaxsan Elchixonaga tashrif buyurib, quyidagi hujjatlarni Elchixonaning konsullik bo'limiga taqdim etishi kerak:
1. O'zbekiston Respublikasining Germaniyadagi Elchixonasi konsuli nomiga ariza. Arizada JShShIRni olish sababi aniq ko'rsatilishi shart (namunani chop etish).
2. To'ldirilgan Anketa-so'rovnoma (shaklni chop eting). So'rovnoma elektron shaklda o'zbek tilida to'ldirilib, alohida varaqqa bosmalanishi kerak. Har bir ustunlar batafsil ma'lumotlar bilan, tuzatishlar va qo'shimchalarsiz to'liq to'ldirilgan so'rovnoma haqiqiy hisoblanadi.
3. Pasport (asl nusxa) va barcha sahifalardan nusxa (bo'sh sahifalar bundan mustasno). A4 formatdagi varaqning bitta sahifasida 2 sahifani tushirish mumkin.
4. Oʼzbekiston fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning ushbu hududda qonuniy yashayotganligini tasdiqlovchi hujjati nusxasi. Xususan, pasportdagi viza stikeri, yashash guvohnomasi yoki Germaniya, Chexiya, Shveytsariya vakolatli idoralarining arizachiga yashashga ruxsat berilganligini bildiruvchi alohida ma’lumotnomasi.
5. Konsullik yig'imi to'langanligi to'g'risida kvitansiya - 20 evro;
6. Taqdim etgan yuqoridagi hujjatlar uchun fayl - 1 dona (namuna).
6. Taqdim etgan yuqoridagi hujjatlar uchun fayl - 1 dona (namuna).
Elchixonadagi barcha konsullik harakatlari uchun to'lov:
- elchixonada qabul vaqtida bank to'lov kartasi bilan;
- elchixonaga qabulga kelishdan oldin pul o'tkazish yo'li bilan (Überweisungsbeleg), bunda to'lov kvitansiyasi nusxasi hujjatlarga ilova qilinadi.
O'zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasining rekvizitlari:
Deutsche bank berlin
Kontonummer: 435 06 09 01
BLZ: 100 70 000
IBAN: DE46 1007 0000 0435 0609 01
BIC (SWIFT-Code): DEUTDEBB
Deutsche bank berlin
Unter den Linden 13/15
10117 Berlin