O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo'qotish.
Germaniya, Chexiya va Shveytsariyada istiqomat qiluvchi O'zbekiston Respublikasi fuqarolari quyidagi hollarda O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo'qotish to'g'risidagi hujjatlarni topshirish huquqiga ega:
I. Agar O'zbekiston Respublikasi fuqarosi Germaniya, Chexiya va Shveytsariyaga doimiy yashash uchun O'zbekiston vakolatli idoralarining tegishli ruxsatnomasi asosida ketib, biroq O'zbekistondan doimiy propiskadan o'chirilgandan so'ng Elchixonada uzrsiz sabablarga ko'ra 7 yil davomida doimiy konsullik ro'yxatdan o'tmagan bo'lsa.
II. Agar O'zbekiston Respublikasi fuqarosi Germaniya, Chexiya va Shveytsariyaga doimiy yashash uchun ketib, Elchixonada doimiy konsullik ro'yxatdan o'tmagan holda, O'zbekiston fuqarosi pasporti bo'la turib, xorij davlati fuqaroligini 23.09.2016 yildan so'ng olgan bo'lsa.
O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo'qotish to'g'risidagi hujjatlarni topshirish istagida bo'lgan shaxs Elchixonaning konsullik bo'limiga shaxsan murojaat qilishi talab etiladi. Hujjatlarni boshqa shaxslar orqali yoki pochta orqali yuborishga yo'l qo'yilmaydi.
Ariza beruvchi O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo'qotish to'g'risidagi hujjatlarni topshirish uchun Elchixonaning konsullik bo'limiga ikki nusxada quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
1. O'zbekiston Respublikasining Germaniyadagi Elchisi nomiga ariza (namunani chop etish).
2. Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʼqotish toʼgʼrisidagi xabarnoma/ogohlantirish xati (shaklni chop etish).
2. Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʼqotish toʼgʼrisidagi xabarnoma/ogohlantirish xati (shaklni chop etish).
3. Tarjimai xol (kompyuterda yozilishi kerak). Tarjimai xol ma'lumotlarini xronologik tartibda, oxirgi ish joyining aniq manzili va egallab turgan lavozimi, ism-sharifi, telefon raqami, elektron pochta manzili, O'zbekiston Respublikasi va xorij mamlakatda yashaydigan yaqin qarindoshlarining manzillari va telefonlarini ko'rsatgan holda to'ldiriladi (namunaga qarang). Arizachidan tarjimai xolni elektron shaklini alohida ravishda (doc. yoki docx. fayl) Elchixonaning konsulat@uzbekistan.de elektron manziliga yuborishi talab etiladi.
4. Pasportning asl nusxasi va barcha sahifalardan nusxasi (biometrik bo'lmagan, biometrik yoki xorijga chiqish biometrik pasporti), shu jumladan bo'sh sahifalar (A4 varaqning bitta sahifasida 2 bet bo'lishi mumkin), sahifalar tartib bilan bo'lishi kerak.
5. Arizachining tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi:
a) O'zbekiston Respublikasi hududidagi FHDYO idoralari tomonidan yoki xorijdagi O'zbekistonning konsullik muassasalarida berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar (Legalizatsiya yoki Apostil, hamda tarjima talab qilinmaydi);
b) Germaniyaning FHDYO idoralari tomonidan berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar. Ushbu hujjat Elchixonada belgilangan tartibda Legalizatsiya qilinishi kerak. Buning uchun Germaniya tomonidan berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomaning (Geburtsurkunde) asli Federal yer sudida (Landgericht) yoki boshqa tegishli fuqarolik masalalari bilan shug'ullanuvchi idorasida tasdiqlash uchun topshirilib muhr bosiladi. Keyin hujjatning asli bilan bir qatorda uning nusxasi Legalizatsiya uchun Elchixonaning hisob raqamiga to'lov (O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun - 25 evro va chet elliklar uchun - 65 evro) o’tkazilganlik haqidagi kvitansiya nusxasi bilan birga Elchixonaga taqdim etiladi. Shundan keyingina Germaniya idoralari tomonidan berilgan hujjat O'zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi;
c) Chexiya, Shveytsariya va Shvetsiyaning FHDYO idoralari tomonidan berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar. Legalizatsiya to'g'risidagi Gaaga bitimi doirasida hujjatlar o'zaro tan olinishi sababli, guvohnoma ushbu davlatlarning tegishli idoralarida Apostil qilinadi (Apostil muhri bosilishi). Shundan keyingina hujjat O'zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi.
Legalizatsiya yoki Apostil qilingan Tug'ilganlik haqidagi guvohnoma qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilinadi.
6. Arizachining chet elga doimiy yashashga chiqganligini tasdiqlovchi hujjat (I holatga taalluqli).
7. Arizachining xorijiy davlat fuqarolik pasporti nushasi.
8. Аrizachining xorij fuqaroligini qabul qilgan sanasini tasdiqlovchi xorijiy davlat vakolatli organi tomonidan berilgan guvohnoma/maʼlumotnoma. Ushbu hujjat qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingan holda taqdim etiladi.
9. Аrizachining anketa maʼlumotlari (ismi, familiyasi, otasining ismi, tugʼilgan sanasi) oʼzgargan boʼlsa, mazkur holatni tasdiqlovchi xujjat. Agar ushbu hujjat xorijiy davlat vakolatli organi tomonidan berilgan bo'lsa, qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingan holda taqdim etiladi.
10. 3,5 x 4,5 sm o'lchamdagi fotosuratlar (4 dona).
11. Taqdim etgan yuqoridagi hujjatlar uchun fayl (Plastikschnellhefter) - 1 dona (namuna).
12. Konsullik yig'imi to'langanligi to'g'risida kvitansiya - 130 evro.
11. Taqdim etgan yuqoridagi hujjatlar uchun fayl (Plastikschnellhefter) - 1 dona (namuna).
12. Konsullik yig'imi to'langanligi to'g'risida kvitansiya - 130 evro.
MUHIM!
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 martdagi "O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga oid masalalarni ko'rib chiqishning yangilangan tartibini belgilash to'g'risida"gi PF-6185-sonli Farmonning 9-bandiga muvofiq, ariza beruvchi tomonidan taqdim etiladigan O'zbekiston Respublikasi davlat tilida bo'lmagan hujjatlar arizachi tomonidan davlat tiliga (o'zbek tili) tarjima qilinadi.
- Agar O'zbekiston Respublikasining halqaro shartnomasida boshqacha qoidalar belgilanmagan bo'lsa, horijdagi mutasaddi tashkilotlar tomonidan berilgan hujjatlar, O'zbekiston Respublikasida haqiqiy hisoblanishi uchun Legalizatsiya yoki Apostil qililgan bo'lishi lozim.
- Agar O'zbekiston Respublikasining halqaro shartnomasida boshqacha qoidalar belgilanmagan bo'lsa, horijdagi mutasaddi tashkilotlar tomonidan berilgan hujjatlar, O'zbekiston Respublikasida haqiqiy hisoblanishi uchun Legalizatsiya yoki Apostil qililgan bo'lishi lozim.
- Murojaat etuvchidan barcha hujjatlar kelib tushgan va ularni konsullik bo'limida tekshirgan paytdan boshlab iltimosnoma ijro uchun qabul qilingan hisoblanadi.
- Agar arizachi manzilini yoki telefon raqamini o'zgartirsa, bu haqda konsullik bo'limiga yozma ravishda xabar berishi so'raladi. Ariza beruvchining haqiqiy manzili va telefon raqami bo'lmasa, konsullik bo'limi O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to'g'risidagi hujjatlarni ko'rib chiqish natijalari to'g'risida o'z vaqtida xabar berishga kafolat bermaydi.
Fuqarolikni yo'qotish masalalari bo'yicha arizalarni ko'rib chiqish holati to'g'risidagi ma'lumotnomalar konsullik bo'limiga topshirilgandan so'ng darhol beriladi. Takroriy ma'lumotnomalar pullik - 40 evro miqdoridagi konsullik yig'imi asosida beriladi. Takroriy ma'lumotnomani olish uchun konsullik bo'limiga ariza va pasport nusxasini (faqat fotosurati bo'lgan sahifani), qaytarish uchun etarli marka yopishtirilib, o'z manzili ko'rsatilgan konvert bilan yuborish kerak.
Elchixonadagi barcha konsullik harakatlari uchun to'lov:
- elchixonada qabul vaqtida bank to'lov kartasi bilan;
- elchixonaga qabulga kelishdan oldin pul o'tkazish yo'li bilan (Überweisungsbeleg), bunda to'lov kvitansiyasi nusxasi hujjatlarga ilova qilinadi.
O'zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasining rekvizitlari:
Deutsche bank berlin
Kontonummer: 435 06 09 01
BLZ: 100 70 000
IBAN: DE46 1007 0000 0435 0609 01
BIC (SWIFT-Code): DEUTDEBB
Deutsche bank berlin
Unter den Linden 13/15
10117 Berlin