Pasport yo'qotilgan taqdirda Elchixonaning doimiy va vaqtincha konsullik ro'yxatida turuvchi a'zolari uchun pasport rasmiylashtirish.
Elchixonada doimiy yoki vaqtincha ro’yxatdan o'tgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga pasporti yo'qotilgan taqdirda
xorijga chiqish biometrik pasportini berish tartibi.
Elchixonaning konsullik bo'limida doimiy yoki vaqtincha ro’yxatdan o'tgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti yo'qolgan taqdirda, Elchixonaga shaxsan suhbatdan o’tish uchun murojaat qiladi va shaxsini tasdiqlash bo’yicha hujjatlarni taqdim etadi. Mazkur hujjatlar O'zbekiston Respublikasi vakolatli idoralari bilan kelishish uchun O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga yuboriladi.
Agar yo’qotilgan xorijga chiqish biometrik pasporti, biometrik pasporti yoki nobiometrik pasporti O'zbekistonning Berlindagi Elchixonasi tomonidan berilgan bo’lsa, bu holatda shaxsni tasdiqlash uchun hujjatlar O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga yuborilmaydi. Bunday holda, yangi pasport olish uchun hujjatlar tayyorlanadi (hujjatlar ro'yxati 2-3-bo'limda ko'rsatilgan). Biroq, hujjatlar ro'yxatiga qo’shimcha ravishda politsiyadan pasport yo'qolganligi to'g'risidagi olingan ma’lumotnoma qo'shilishi kerak.
Boshqa hollarda, arizachining shaxsini tasdiqlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
1. Shaxsni tasdiqlash uchun anketa-ariza 2-nusxada. Ariza shaklini bosmadan chiqarib bosma harflar bilan o'zbek yoki rus tillarida to'ldirilishi kerak. Har bir ustundagi tafsilotlar to'liq to'ldirilgan ariza haqiqiy deb hisoblanadi. (ariza shaklini bosmalash).
2. Agar mavjud bo'lsa, pasport va tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma nusxasi.
3. Politsiyadan pasport yo'qolganligi to'g'risidagi ma’lumotnoma (pasport yo'qolgan taqdirda). Ma’lumotnoma Innenministerium yoki Regierungspräsidium (Beglaubigung der Bescheinigung zum Gebrauch im Ausland) tomonidan tasdiqlangan va o'zbek yoki rus tillariga tarjima qilingan bo'lishi kerak.
4. 3,5 x 4,5 sm o'lchamdagi fotosurat (2 dona).
5. Taqdim etilgan yuqoridagi hujjatlar uchun fayl - 1 dona (namuna).
6. Konsullik yig'imi to'langanligi to'g'risida kvitansiya - 40 evro;
7. Agar murojaat etuvchining shaxsan kelishining imkoni bo'lmasa, u holda qaytish manzili ko'rsatilgan A-4 formatidagi konvert (4.50 yoki 5 evrolik yopishtirilgan markalar) taqdim etilishi kerak.
Agar ariza beruvchi pasportni yo'qotishdan oldin Elchixonada vaqtincha konsullik ro'yxatidan o'tmagan bo'lsa, u holda O'zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish uchun hujjatlarni taqdim etadi (ma'lumot "O'zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma" bo'limida mavjud).
Murojaat etuvchining Elchixonaga shaxsan tashrif buyurish imkoniyati bo'lmagan taqdirda, murojaat etuvchi avval konsul bilan telefon orqali muzokara qilishi kerak.
Elchixonadagi barcha konsullik harakatlari uchun to'lov:
- elchixonada qabul vaqtida bank to'lov kartasi bilan;
- elchixonaga qabulga kelishdan oldin pul o'tkazish yo'li bilan (Überweisungsbeleg), bunda to'lov kvitansiyasi nusxasi hujjatlarga ilova qilinadi.
Deutsche Bank Berlin
Kontonummer: 435 06 09 01
BLZ: 100 70 000
IBAN: DE46 1007 0000 0435 0609 01
BIC (SWIFT-Code): DEUTDEBB
Deutsche Bank Berlin
Unter den Linden 13/15
10117 Berlin