Doimiy konsullik ro'yxati.
Elchixonaning konsullik okrugi mamlakatlariga (Germaniya, Chexiya va Shveytsariya) uzoq muddatga ketgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning doimiy konsullik ro’yxatiga olinish tartibi.
I. Doimiy yashash uchun O'zbekistonning xorijga chiqish biometrik pasporti bilan O'zbekistonning vakolatli idoralarining ruxsatini belgilangan tartibda olgan holda jo'nab ketganlar. Xorijga chiqish biometrik pasportida doimiy ro’yxatdan chiqganlik muhri va yuqorida ko'rsatilgan mamlakatlarga ketish varaqasi bo'lishi kerak.
II. Doimiy yashash uchun O'zbekistonning biometrik pasporti bilan O'zbekistonning vakolatli idoralarining ruxsatini belgilangan tartibda olgan holda jo'nab ketganlar. Biometrik pasportda "Dоimiy yashashga ketishga ruxsat berildi" stikeri bo'lishi kerak (muddati ko'rsatilmagan va tegishli ravishda o'zbek va ingliz tillarida yozilgan stiker).
III. Xorijga doimiy yashashga ketish uchun ro’yxatdan chiqganlik muddati 7 yildan oshmasligi kerak.
O'zbekistondan belgilangan tartibda propiskadan chiqmagan holda, Germaniya, Chexiya, yoki Shveytsariyaga doimiy yashashga ketgan fuqarolar, avval doimiy propiskadan chiqish hujjatlarini Elchixonaga topshirib (hujjatlarni taqdim etish tartibi), ijobiy javob berilganidan keyin doimiy konsullik ro'yxatidan o'tadilar.
Doimiy konsullik ro'yxatidan o'tish uchun murojaat etuvchiga konsullik bo'limiga shaxsan murojaat qilishi tavsiya qilinadi va quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Anketa (16 yoshdan katta va voyaga yetmaganlar uchun). Anketa elektron shaklda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining interaktiv konsullik xizmatlari veb-saytlari - consul.mfa.uz yoki consulate.mfa.uz orqali to'ldiriladi. Onlayn fotosurat kiritilib har bir ustunda to'liq ma'lumotlar bilan to'ldirilgan anketa haqiqiy deb hisoblanadi. Elektron to'ldirgan anketa printer orqali alohida varaqqa bosmalanishi kerak.
2. 3 x 4 sm o'lchamdagi fotosurat - 1 dona.
3. Pasport (asl nusxa) va barcha sahifalardan nusxa (bo'sh sahifalaridan tashqari). A4 formatdagi varaqning bitta sahifasida 2 sahifani tushirish mumkin.
4. Tug'ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi (hujjat taqdim etish tartibi).
5. Voyaga etmaganning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillarining pasportlari nusxalari (yashil biometrik yoki xorijga chiqish pasporti).
6. Ariza beruvchining, ota-onaning yoki voyaga etmaganning boshqa qonuniy vakilining ushbu hududda qonuniy istiqomat qilishini tasdiqlovchi hujjati (yashash guvohnomasi yoki pasportdagi stiker yoki uzoq muddatli milliy viza) asli va nusxasi.
7. Nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma nusxasi, agar mavjud bo'lsa (hujjat taqdim etish tartibi).
8. Taqdim etilgan yuqoridagi hujjatlar uchun fayl - 1 dona (namuna).
9. Konsullik yig'imi to'langanligi to'g'risidagi kvitansiya - 40 evro (16 yoshdan kattalar uchun).
10. 16 yoshgacha bo'lgan shaxslar ham alohida ariza shaklini to'ldiradilar. To'lov miqdori faqat - 20 evroni tashkil etadi.
Kerakli hujjatlar to'plami Elchixonaa taqdim etilganidan so'ng, arizachining pasportiga muhr bosiladi va doimiy konsullik hisobiga qabul qilinganligi to'g'risida tegishli yozuv qo’yiladi.
Elchixonadagi barcha konsullik harakatlari uchun to'lov:
- elchixonada qabul vaqtida bank to'lov kartasi bilan;
- elchixonaga qabulga kelishdan oldin pul o'tkazish yo'li bilan (Überweisungsbeleg), bunda to'lov kvitansiyasi nusxasi hujjatlarga ilova qilinadi.
O'zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasining rekvizitlari:
Deutsche bank berlin
Kontonummer: 435 06 09 01
BLZ: 100 70 000
IBAN: DE46 1007 0000 0435 0609 01
BIC (SWIFT-Code): DEUTDEBB
Deutsche bank berlin
Unter den Linden 13/15
10117 Berlin