Berlinda Germaniya-O‘zbekiston munosabatlarining iqtisodiy sohadagi dolzarb masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 6-dekabr kuni elchixonada Nemis iqtisodiyoti sharqiy qo’mitasi ijrochi direktori Michael Harms bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuv chog’ida O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripovning joriy yilning 8-11-noyabr kunlari Germaniyaga qilgan tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ikkitomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qo’shma tadbirlar rejalari, xususan, Nemis iqtisodiyoti sharqiy qo’mitasi delegatsiyasining O’zbekistonga tashrifi, shuningdek, Nemis-O’zbek ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig’ilishi kelishib olindi.