O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SHVETSIYA QIROLLIGIDAGI FUQAROLARI DIQQATIGA
Aziz vatandoshlar!
2021-yilning 24-oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo’lib o’tadi.
Shvetsiyada doimiy yoki vaqtinchalik istiqomat qilayotgan 18 yoshga to’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini 2021-yil 24-oktabr, yakshanba kuni, mahalliy vaqt bilan 8.00 dan 20.00 gacha O’zbekiston Republikasining qarorgohi Berlin shahrida bo’lgan Shvetsiya Qirolligidagi elchixonasi (Perleberger Str. 62, Berlin 10559; Tel.: 030 394 098 0, internet-sahifa: www.uzbekistan.de) hududida tashkil qilingan saylov uchastkasida ovoz berishga taklif qilamiz.
Saylov kuni ovoz berish imkoniyatiga ega bo’lmagan saylovchilar 14-20-oktabr kunlari soat 10:00 dan 18:00 gacha Berlindagi elchixona binosida muddatidan oldin ovoz berishda ishtirok etishlari mumkin.
Shuningdek, Shvetsiyada hududida istiqomat qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun 16-oktabr kuni Stokgolm shahrida mahalliy vaqt bilan soat 10.00 dan 18.00 gacha „Kista Torg 7, 164 42 Kista, Stockholm“ manzilida muddatidan oldin ovoz berish tashkil etiladi.
Barcha saylov uchastkalarida ovoz berish tartibi amaldagi sanitariya -gigiyena me‘yorlariga muvofiq tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik yoki konsullik idoralarida vaqtincha yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan, chet eldagi O‘zbekiston fuqarolari saylovda ovoz berish uchun saylov boshlanishidan 15 kun oldin ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Buning uchun saylovchi shaxsan elchixona/konsullikka yozma ravishda murojaat qilishi yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining https://saylov.mfa.uz/ onlayn-portali orqali ro‘yxatdan o’tishi mumkin.
Saylovda ovoz berishda ishtirok etish to’g‘risida qo‘shimcha ma‘lumotlarni O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasi (qarorgohi Berlin shahrida) internet-sahifasi yoki telefon orqali murojaat qilib olish mumkin.
Diqqat! Ovoz berishda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinishi kerak (biometrik fuqarolik pasporti, biometrik xorijga chiqish pasporti yoki diplomatik pasport).