O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVI
Aziz vatandoshlar!
2021-yilning 24-oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo’lib o’tadi.
Germaniya, Chexiya, Shvetsiya va Shveytsariyada doimiy yoki vaqtinchalik istiqomat qilayotgan 18 yoshga to’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini 2021-yil 24-oktabr, yakshanba kuni, mahalliy vaqt bilan 8.00 dan 20.00 gacha quyidagi saylov uchastkalarining birida ovoz berishga taklif qilamiz:
1. O’zbekiston Republikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi (Perleberger Str. 62, Berlin 10559; Tel.: 030 394 098 0, internet-sahifa: www.uzbekistan.de);
2. O’zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi (Eschenheimer Anlage 1, Frankfurt am Main 60316, Tel.: 069 596 74 503, internet-sahifa: www.gk-usbekistan.de);
3. O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT bo’linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Doimiy vakolatxonasi (Route de Pré-Bois 20, 1215 Genève 15 (International Centre Cointrin, Bloc-D, 7-étage) Tel.: +41 22 799 43 00, internet-sahifa: http://uzbekistan-geneva.ch/).
Saylov kuni ovoz berish imkoniyatiga ega bo’lmagan saylovchilar 14-20-oktabr kunlari soat 10:00 dan 18:00 gacha Berlindagi elchixonada yoki Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonada muddatidan oldin ovoz berishda ishtirok etishlari mumkin.
Shuningdek, Chexiya va Shvetsiya hududida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun quyidagi shaharlarda muddatidan oldin ovoz berish tashkil etiladi:
Stokgolm shahrida: 16-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 10.00 dan 18.00 gacha „Kistavägen 7, 164 42 Kista, Stockholm“ manzilida;
Praga shahrida: 17-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 10.00 dan 18.00 gacha „Václavské náměstí 28, 110 00, Praha-1“ manzilida.
Barcha saylov uchastkalarida ovoz berish tartibi amaldagi sanitariya -gigiyena me‘yorlariga muvofiq tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik yoki konsullik idoralarida vaqtincha yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan, chet eldagi O‘zbekiston fuqarolari saylovda ovoz berish uchun saylov boshlanishidan 15 kun oldin ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Buning uchun saylovchi shaxsan elchixona/konsullikka yozma ravishda murojaat qilishi yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining https://saylov.mfa.uz/ onlayn-portali orqali ro‘yxatdan o’tishi mumkin.
Saylovda ovoz berishda ishtirok etish to’g‘risida qo‘shimcha ma‘lumotlarni O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi, Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi, shuningdek, Jenevadagi Doimiy vakolatxonasi internet-sahifalari yoki telefon orqali murojaat qilib olish mumkin.
Diqqat! Ovoz berishda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinishi kerak (biometrik fuqarolik pasporti, biometrik xorijga chiqish pasporti yoki diplomatik pasport).