O‘zbekistonning Germaniyadagi Elchisi Nabijon Kasimov Bavariya iqtisodiyot, mintaqaviy rivojlanish va energetika vazirligining davlat kotibi Roland Vaygert bilan uchrashdi
2021-yilning 8-iyul kuni O‘zbekistonning Germaniyadagi Elchisi Nabijon Kasimov Myunhen shahrida Bavariya iqtisodiyot, mintaqaviy rivojlanish va energetika vazirligining davlat kotibi Roland Vaygert bilan muzokaralar o'tkazdi.
Tomonlar joriy yilning 15-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Bavariya Federal yeri Bosh vaziri Markus Zyoder bilan videoanjuman shaklida bo’lib o’tgan uchrashuvidan so’ng erishilgan ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv davomida iqtisodiyotning barcha jabhalarida, jumladan, kimyo sanoati, energetika, qishloq xo'jaligi, shuningdek, Bavariyaning ilg'or tajribalari asosida O'zbekistonda sanoat va ilmiy-innovatsion klasterlarni yaratish kabi yo’nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashishdi.
Muzokaralar yakunida ikki tomonlama ko’p qirrali hamkorlikni yanada faollashtirish maqsadida muntazam muloqotlarni davom ettirishga va qo'shma tadbirlar taqvimi, jumladan "Bavariyada O'zbekiston iqtisodiyoti kunlari" va Bavariya ishbilarmonlari delegatsiyasining O'zbekistonga tashrifini tashkil etishga kelishib olindi.