Germaniya Federal Tashqi ishlar vazirligining yangi tayinlangan Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo’yicha Maxsus vakili Matias Lyuttenberg bilan uchrashuv to‘g‘risida
2021-yilning 16-iyun kuni O‘zbekistonning Germaniyadagi Elchisi Nabijon Kasimov Germaniya Federal Tashqi ishlar vazirligining yangi tayinlangan Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo’yicha Maxsus vakili Matias Luttenberg bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar O’zbekiston va Germaniya o’rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, jumladan, siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni faollashtirish, shuningdek, davlatlararo “O’zbekiston-Yevropa Ittifoqi” formatidagi ko’p tomonlama hamkorlikning dolzarb malasalari yuzasidan fikr almashishdi.
Germaniyalik diplomatga O’zbekistonda jamiyatni yanada demokratlashtirish va iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar, respublikaning tashqi siyosati va Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikning asosiy yo’nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shu bilan birga muzokaralar davomida Markaziy Osiyoda mintaqasida xavfsizlikni mustahkamlash masalalari va jahon hamjamiyatning Afg’onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlari to’g’risida fikr almashildi.