O’zbekiston va Bavariya o’rtasidagi munosabatlarning holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi
2021-yilning 21-aprel kuni O’zbekistonning Germaniyadagi elchisi Nabijon Kasimov Bavariya Bosh vazirining maslahatchisi, davlat devonxonasining “Yevropa, xalqaro munosabatlar va OAV” departamenti rahbari Dr. Tomas Gruber bilan onlayn-muzokaralar o’tkazdi.
Muzokaralar davomida O’zbekiston va Bavariya o’rtasidagi munosabatlarning holati va rivojlanish istiqbollari, jumladan, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy, hamda energetika va transport sohalaridagi o’zaro aloqalarni yanada rivojlantirish bo'yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida tomonlarning O‘zbekiston- Bavariya hamkorligini izchil rivojlantirishga, uni aniq amaliy mazmun bilan to‘ldirishga tayyor ekanligi tasdiqlandi.