Germaniya Bundestagidagi XDI / XSI (CDU/CSU) birlashgan fraksiyasi rais o’rinbosari doktor Yoxan Vadeful bilan uchrashuv to‘g‘risida
2021-yil 15-aprel kuni O’zbekistonning Germaniyadagi elchisi Nabijon Kasimovning Germaniya Xristian-demokratik ittifoqi / Xristian-sotsial ittifoqining (CDU/CSU) Bundestagdagi birlashgan fraksiyasi rais o’rinbosari doktor Yoxan Vadeful bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar tomonidan O’zbekiston va Germaniya parlamentlariaro aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
Germaniya parlamentariysiga O’zbekistonda jamiyatni yanada demokratlashtirish va iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar, respublikaning tashqi siyosati va Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikning asosiy yo’nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni mustahkamlash masalalari, jumladan, xalqaro hamjamiyatning Afg’onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlari va ushbu mamlakatda barqaror rivojlanishni ta’minlash bo’yicha o’zaro hamkorlik imkoniyatlari to’g’risida fikr almashildi.