Germaniya Federal tashqi ishlar vazirligining ta‘lim, fan va tadqiqot sohalaridagi tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili Vito Chechere bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
2021-yilning 16-mart kuni O’zbekistonning Germaniyadagi elchisi Nabijon Kasimov Germaniya Federal tashqi ishlar vazirligining ta‘lim, fan va tadqiqot sohalaridagi tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili Vito Chechere bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida madaniy-gumanitar sohadagi O'zbekiston-Germaniya munosabatlarining dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashildi. Shu nuqtayi nazardan ikki mamlakatning ta‘lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasida sheriklik aloqalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar chog’ida, shuningdek, 1922-1930 yillarda Germaniyada tahsil olgan o‘zbekistonlik talabalar haqidagi arxiv materiallarini o'rganish bo'yicha hamkorlik o’rnatish to'g'risida kelishuvga erishildi.