O‘zbekiston va TDT: investitsiyaviy hamkorlikning yangi o‘sish nuqtalari va ustuvor loyihalar

O‘zbekiston tarixan turkiyzabon davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashning faol tashabbuskorlaridan biri bo‘lib kelgan. Muayyan davrda o‘zaro hamkorlik cheklangan darajada bo‘lganidan so‘ng, 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tashkilotning VI sammitida faxriy mehmon sifatida ishtirok etishi muhim burilish nuqtasi bo‘ldi. 2019 yilda mamlakat Naxichevan bitimini ratifikatsiya qilib, Turkiy davlatlar tashkilotiga to‘laqonli aʼzo sifatida rasman qo‘shildi.