O‘zbekiston turkiy makon iqtisodiy integratsiyasi markazida Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy kun tartibi mintaqaviy mazmun kasb etmoqda

Turkiy makonning ahamiyati jahon logistikasida yuz berayotgan o‘zgarishlar fonida yana-da ortib bormoqda. Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar Markaziy Osiyo, Kavkaz, Turkiya va Yevropa bozorlarini bog‘lovchi Yevroosiyoning eng yirik quruqlik transport yo‘laklaridan birini shakllantirmoqda.
