Germaniya Federal Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo’yicha Maxsus vakili, Elchi M.Zibert bilan uchrashuv to‘g‘risida
2021-yilning 1-mart kuni O‘zbekistonning Germaniyadagi Elchisi Nabijon Kasimov Germaniya Federal Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo’yicha Maxsus vakili, Elchi Mihael Zibert bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar O’zbekiston va Germaniya o’rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, jumladan, siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni faollashtirish masalalarini yuzasidan fikr almashishdi.
Shu bilan birga muzokaralar davomida davlatlararo “O’zbekiston-Yevropa Ittifoqi” formatidagi, hamda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi ko’p tomonlama hamkorlikning dolzarb malasalari muhokama qilindi.