Germaniya Hukumatining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili bilan uchrashuv to‘g‘risida
2021-yilning 16-fevral kuni Berlin shahrida O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nabijon Kasimov Germaniya Federativ Respublikasi Hukumatining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili, Elchi Markus Potsel bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mintaqaviy xavfsizlik, O‘zbekiston va Germaniyaning Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishdagi sa’y-harakatlari va ushbu mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilashga yordam berish bo'yicha ikki tomonlama o'zaro aloqalar to'g'risida atroflicha fikr almashildi.