Yangi O‘zbekiston va saylov qonunchiligi
O‘zbekistonda olib borilayotgan yangi demokratik va erkin mamlakatni yaratishga qaratilgan keng qamrovli va izchil islohotlar doirasida xalq xokimiyatchiligi konstitusiyaviy tamoyilini hayotga tatbiq etish, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini ta'minlash, saylov qonunchiligini takomillashtirishga alohida e'tibor berilmoqda. Zero demokratik va adolatli saylovlar – bu demokratiyaning o‘ta muhim va zarur shartlaridan hisoblanadi.
2019 yilda “Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar – yangi parlament” degan ustuvor g‘oya asosida bo‘lib o‘tgan saylovlar ham shundan dalolat beradi. Saylovlar mamlakatda demokratik islohotlarni yuqori bosqichga olib chiqish uchun zarur bo‘lgan yangi siyosiy muhit vujudga kelganini yaqqol ko‘rsatdi.
Shuningdek, ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi asosida amalga oshirilgan saylovlar davrida orttirilgan tajriba, saylov qonunchiligi va amaliyotimizda yuzaga kelgan ayrim bo‘shliqlar va yechimini kutayotgan vazifalarni ham ko‘rsatib qo‘ydi.
2020 yilgi Davlat dasturiga muvofiq, amaldagi saylov qonunchiligini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu qonun loyihasi Oliy Majlis palatalari, Markaziy saylov komissiyasi, senator va deputatlar ishtirokida 2 marotaba muhokama qilindi. Qolaversa, 2020 yilning may-iyun' oylarida qonun loyihasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi.

“Demokratik islohotlar yo‘li – biz uchun yakkayu yagona va eng to‘g‘ri yo‘ldir”.
Bugungi kunda milliy saylov qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirish, uni umume'tirof etilgan xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish va amalga oshirilayotgan izchil demokratik islohotlar bilan uyg‘unlashtirish, mamlakatimizning siyosiy nufuzini yangi bosqichga ko‘tarish, xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yanada yaxshilash ustuvor vazifalardan hisoblanadi.
Birinchidan, 2019 yilda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida yuzaga kelgan bir qator kamchilik va muammolarni bartaraf etish, xalqaro tashkilotlar va xorijiy kuzatuvchilarning ayrim maqbul tavsiyalarini milliy qonunchilikka implementasiya qilish orqali mamlakatimizda bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini xalqaro hamjamiyatga yetkazish lozim.
Ikkinchidan, “Jahon mamlakatlari demokratiya indeksi”da O‘zbekiston hozirda 157-o‘rinni egallamoqda. Bunda Prezidentimizning 2020 yil 2 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan, “Saylov jarayoni va plyuralizm” yo‘nalishi bo‘yicha mamlakatimiz ko‘rsatkichlarini 2022 yilga qadar 6 baravarga oshirish maqsadi qo‘yilgan.
Uchinchidan, saylov qonunchiligini izchil amalga oshirish yo‘lida saylov komissiyalari va aholining saylov madaniyatini yuksaltirish, siyosiy partiyalarning o‘z elektorati bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, partiyalarning siyosiy faolligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, “demokratik islohotlar yo‘li – biz uchun yakkayu yagona va eng to‘g‘ri yo‘ldir”.

Qonun loyihasini ishlab chiqishda nimalarga e'tibor berildi?
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 83-moddasiga muvofiq, bir guruh deputatlar qonunchilik tashabbusi huquqi asosida “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritdi.
Qonun loyihasi 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi doirasida ishlab chiqildi.
Qonun loyihasini ishlab chiqishda uch manbaga:
● milliy saylov qonunchiligi va amaliyotiga;
● 20 dan ortiq xorijiy davlatlar saylovlar o‘tkazish tajribasiga;
● saylovlarga oid xalqaro normalar va standartlarga tayanildi.
Ushbu qonun loyihasi bilan:
* O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 117-moddasiga,
* “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi Konstitusiyaviy Qonunning 3-moddasiga,
* O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 29 ta moddasiga,
* “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 6 ta moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.

Saylovlar vaqtini o‘zgartirishni talab qilgan omillar
Deputatlar guruhi milliy va xorijiy ekspertlar bilan parlament, Prezident va mahalliy vakillik organlari saylovlari muddatlarini dekabr oyidan oktyabr oyiga ko‘chirish masalasini atroflicha o‘rgandi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 117-moddasiga muvofiq, Prezident saylovi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy vakillik organlariga saylovlar tegishincha ularning konstitusiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi.
Xuddi shunday norma “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi Konstitusiyaviy Qonunning 3-moddasida ham bor.
Mamlakatimizda saylovlarning muddatini dekabr oyidan oktyabr oyiga ko‘chirishni quyidagi muhim omillar taqozo etmoqda.
Birinchi omil: parlament saylovlari bo‘lib o‘tganidan keyin qonunchilikda belgilangan muddatlarda Qonunchilik palatasi va Senatning birinchi majlislarini o‘tkazish, ularning qo‘shma majlislarida Bosh vazir nomzodini tasdiqlash, Vazirlar Mahkamasi – Hukumatni shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasini o‘tkazish kabi muhim siyosiy-huquqiy jarayonlar yangi yilning birinchi choragiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa Davlat dasturlarini qabul qilish va tegishli yilga mo‘ljallangan boshqa islohotlarning mart-aprel' oylariga qadar surilishiga sabab bo‘lmoqda.
Masalan, 2019 yilgi parlament saylovlaridan keyingi siyosiy-huquqiy jarayonlar juda qisqa muddatda, ya'ni 2020 yilning 20-24 yanvar kunlari oralig‘ida bo‘lib o‘tdi. 2020 yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi esa 2 mart kuni qabul qilindi.
Ikkinchi omil: saylovlar qahraton sovuq davr – qish mavsumiga to‘g‘ri kelishi, o‘z navbatida, fuqarolarning saylovlardagi faolligini yanada oshirish, saylovoldi tashviqoti tadbirlarini keng qamrovli o‘tkazish, zamonaviy saylov texnologiyalaridan foydalanish, ayniqsa, ommaviy tadbirlarni tashkillashtirishda bir qator kamchiliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. O‘tgan saylovlar davrida aholi va elektorat, siyosiy partiyalar tomonidan bu borada qator takliflar bildirildi.
Uchinchi omil: xorijiy tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, asosan iqlimi issiq bo‘lgan janubiy yarimshar davlatlarida, masalan, Gana, Misr, Nigeriya, Janubiy Afrika Respublikasi, Jazoir, Venesuela, Dominika kabi mamlakatlarda saylovlar dekabr oyida o‘tkaziladi. AQSh, Shveysariya, Ispaniya, Urugvay, Chili, Bosniya, Iordaniya, Moldova va bir qator Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlarida esa saylovlar oktyabr-noyabr oylarida bo‘lib o‘tadi.
To‘rtinchi omil: O‘zbekistonda o‘tkaziladigan saylovlar Yevropa va Amerika davlatlaridan taklif etilgan kuzatuvchilarning diniy bayrami, xususan, "Rojdestvo" nishonlanadigan 25 dekabr sanasiga to‘g‘ri kelishi tufayli saylov sohasida jahon miqyosida obro‘ga ega xalqaro kuzatuvchilarning ishtirokini cheklamoqda.
Ana shu omillarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy vakillik organlariga saylovlarni dekabr oyidan oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasiga ko‘chirish taklif etilmoqda.
Buning natijasida, bir tomondan, saylovlardan keyin oliy davlat organlarini o‘z vaqtida shakllantirish va muhim siyosiy-huquqiy qarorlarni qabul qilish uchun tegishli zamin yaratiladi. Ikkinchi tomondan noqulay ob-havo sharoitlarida fuqarolarning saylovlardagi ishtiroki kamayib ketishi kabi salbiy holatlarning oldi olinadi. Shu tariqa saylovchilar va kuzatuvchilar uchun qulay sharoit vujudga keladi.

Sohaga oid kodeksni takomillashtirish nima beradi?
Saylov kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar quyidagilardan iborat.
Birinchi o‘zgartish: xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari instituti tugatilishi va ularning vakolatlari tuman (shahar) saylov komissiyalari zimmasiga yuklanishi tavsiya etilmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, har bir okrug o‘rtacha 1-3 ta saylov uchastkasi doirasi bilan cheklangan bo‘lib, amaliyotda bir necha yillardan beri samarasiz faoliyat yuritib kelmoqda. Amaliyotda tegishli tuman (shahar) va okrug saylov komissiyalari vazifalarining bir-birini takrorlashi hollari ham kuzatilgan. Shuningdek, bu Davlat byudjetiga qo‘shimcha xarajatni ko‘paytirmoqda. Maqbullashtirish natijasida 54 mingdan ziyod a'zodan iborat 5 ming 739 ta okrug saylov komissiyasi tugatiladi va natijada inson resurslari tejaladi, saylovga jalb etilgan insonlar orasida ovoragarchilikka chek qo‘yiladi.
Ikkinchi o‘zgartish: xorijda istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarini, diplomatik vakolatxonalarning konsullik hisobida bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat'i nazar, saylovchilar ro‘yxatiga kiritish tartibi, shuningdek, chet davlatlarda saylovchilar yashayotgan yoki ishlayotgan joyda ko‘chma qutilarda ovoz berishining huquqiy asosi yaratilmoqda.
Masalan, 2019 yilgi parlament saylovlarida mazkur amaliyot ilk bor tajribadan o‘tkazildi. Xususan, Rossiya, Janubiy Koreya va Qozog‘istonda bo‘lib turgan 90 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarolari ko‘chma qutilarda ovoz bergan. Mamlakatimizda yaratilayotgan Yangi O‘zbekiston siyosatining ustuvor yo‘nalishi aynan fuqarolarning qaerda bo‘lishidan qat'iy nazar davlat himoyasida bo‘lishi, huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta'minlash hisoblanadi.
Uchinchi o‘zgartish: qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida, harbiy qismlarda tashkil etilgan saylov uchastkalarini kuzatuvchilar o‘z tashrifi haqida kamida 3 kun oldin xabardor qilishi tartibi belgilanmoqda.
To‘rtinchi o‘zgartish: saylov komissiyalari a'zolariga haq to‘lab berish, kompensasiya to‘lash hamda ish haqini hisoblashning aniq tartibi o‘rnatilmoqda.
Beshinchi o‘zgartish: “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi Qonun Saylov kodeksi bilan muvofiqlashtirilib, parlament va mahalliy vakillik organlariga saylovlar bilan teng ravishda Prezident saylovini ham davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi belgilanmoqda.
Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining tavsiyalari asosida Saylov kodeksiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilmoqda:
Avvalo, saylov komissiyalarining nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga oid vazifasi chiqarib tashlanmoqda. Saylovoldi tashviqotini tashkil etish va o‘tkazish bevosita siyosiy partiyalarning ixtiyoriy ishi bo‘lganligi sababli saylov komissiyalarining bu ishga aralashishi ularga xos bo‘lmagan vazifa hisoblanadi.
Shu bilan birga, saylovoldi tashviqoti davrida davlat resurslaridan foydalanish taqiqlanmoqda. Masalan, davlat xizmatchilariga, agar ular ishonchli vakil bo‘lmasa, shuningdek, harbiy xizmatchilarga, diniy tashkilotlar xizmatchilariga, sud'yalarga saylovoldi tashviqotini olib borish taqiqlanmoqda.
Qolaversa, saylov natijalarini e'lon qilish muddatlari asossiz cho‘zilishining oldini olish maqsadida saylov komissiyalari qarorlari ustidan shikoyat muddati 10 kundan 5 kunga qadar qisqartirilmoqda.
Shuningdek, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi Qonunga siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqoti uchun ajratilgan mablag‘lardan foydalanishning shaffofligini ta'minlash maqsadida ular tomonidan saylovdan oldin oraliq va saylovdan so‘ng yakuniy moliyaviy hisobotni hamda Hisob palatasining partiyalar faoliyatini tekshirish natijalarini e'lon qilish tartibi kiritilmoqda.
Saylov qonunchiligini demokratlashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar quyidagi natijalarni beradi:
* milliy saylov qonunchiligi umume'tirof etilgan xalqaro saylov standartlariga yanada muvofiqlashtiriladi,
* saylov jarayonlari ochiq va oshkora o‘tishini ta'minlashga erishiladi,
* fuqarolarning saylovlardagi ishtiroki kamayib ketishi kabi salbiy holatlarning oldi olinadi hamda kuzatuvchilar va saylovchilar uchun qulay sharoit yaratiladi,
* saylovlardan keyin oliy davlat organlarini o‘z muddatida shakllantirish va muhim siyosiy qarorlarni qabul qilish uchun yetarlicha imkoniyat bo‘ladi,
* O‘zbekistonning jahon mamlakatlari demokratiya indeksidagi o‘rni yaxshilanishi ta'minlanadi.

Akmal SAIDOV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Spikerining birinchi o‘rinbosari
("Xalq so‘zi" gazetasi, 2021-yil 27-yanvar)