Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen Samarqandda

Samarqand shahrida 3-4 aprel kunlari "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.
Bugun, 2 aprel kuni mazkur sammit ishida qatnashish uchun Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Oliy martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan sammitda Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar hamda amaliy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, bugun ushbu sammitda qatnashish uchun Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta ham Samarqandga kelgan edi.