O‘zbekiston Prezidenti Qozonga tashrif buyurdi
Aeroportda davlatimiz rahbarini Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov, Qozon shahri meri Ilsur Metshin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Bugun O‘zbekiston Prezidenti qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi hamda BRIKS sammitining protokol tadbirlarida ishtirok etadi.
Ertaga "BRIKS plyus" formatidagi sammitning asosiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.