Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida nutq so'zladi
23 sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida chiqish qildi.
Unda davlat rahbari mintaqa va global miqyosda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyot, inson huquq va erkinliklarini ta'minlash kabi masalalarda o‘z tashabbuslarini ilgari surdi.