“Oltin qalam” XVIII milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov
![](http://uzbekistan.de/uploads/SqSNj4Sukt3jGI9jTgO4AAIgr11jHLkJ.png)
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalashtirish maqsadida “Oltin qalam” XVIII milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni eʼlon qildi.
Tanlov natijalari va g‘oliblarga mukofotlarni topshirish 3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuni arafasida bo‘lib o‘tadi.
Asosiy mukofotlar qatoriga “Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” nominatsiyasi kiritildi.
Tanlov shartlari:
Tanlovda 2023 yilning 31 martidan 2024 yilning 31 martigacha bosma va internet nashrlarda eʼlon qilingan, radio va televideniyeda efirga uzatilgan 5 tadan 7 tagacha materiallar ko‘rib chiqiladi.
Audio, video materiallarning davomiyligi 3 daqiqadan 30 daqiqagacha, annotatsiyasi bilan yuborilishi kerak.
Materiallarning skaner qilingan yoki chop etilgan asl nusxalari taqdim etilishi lozim (tarjimasi bilan).
Tanlovga yuborilgan materiallarga quyidagilar ilova qilinishi lozim:
- muallif va uning professional faoliyati to‘g‘risidagi qisqacha maʼlumot (obyektivka);
- pasport nusxasi, telefon raqami va elektron pochtasi.