Germaniyada istiqomat qiladigan yurtdoshlarimiz diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan chet elda yashayotgan vatandoshlarga keng imkoniyatlar yaratish va ularni qo'llab-quvvatlash maqsadida, shu yilning 13-aprelida O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan ilk bor “ZAKOVAT intellektual o'yini” tashkil etiladi. Barcha vatandoshlarni ushbu tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz.
Ishtirokchi vatandoshlar quyidagi talablarga amal qilishlari kerak:
1. Ishtirokchi jamoa a'zolari O'zbekiston fuqarosi bo'lishlari.
2. Har bir jamoa 6-kishidan iborat bo’lishi va jamoaga nom berishi.
3. Har bir qatnashchining ma'lumotlarini taqdim qilish (familiya, ism, otasining ismi, tug'ilgan yili, ish yoki o'qish joyi, telefon raqami).
4. Jamoa sardori tomonidan qayd etilgan ma'lumotlarni tadbirberlin@gmail.com elektron manziliga 01.04.2024 yilgacha yuborish talab etiladi.
5. Tadbirga mehmon sifatida tashrif buyurmoqchi bo’lganlar ham tadbirberlin@gmail.com elektron pochtasiga o'zi haqidagi ma'lumotlarni 05.04.2024 yilgacha taqdim etish talab etiladi (familiya, ism, otasining ismi, ish yoki o'qish joyi, telefon raqami).