O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Germaniyaga keldi
“Berlin-Brandenburg” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Berlin federal o‘lkasi ichki ishlar, raqamlashtirish va sport vaziri Iris Shpringer va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ertaga, 29 sentyabr kuni O‘zbekiston yetakchisi Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlari sammitida ishtirok etadi, Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer va Federal Kansler Olaf Shols bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Tashrif dasturidan ishbilarmonlik tadbirlari ham o‘rin olgan.