Press-reliz
O’zbekistonning Frankfurt-Mayndagi Bosh konsulxonasiga “Work and Travel” dasturi boʻyicha Germaniyaga kelgan, ish bilan bogʻliq muammolar va yetarli moliyaviy resurslar yoʻqligi sababli Myunxendagi markaziy vokzalda tunashga majbur boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari haqida maʼlumot kelib tushdi.
Oʻzbekistonning “Turon World konsalting” kompaniyasi maʼlumotiga koʻra, ushbu tashkilot 98 nafar O’zbekiston fuqarolarini “Work and Travel” dasturi boʻyicha Germaniyaga mavsumiy ishlarga joʻnatgan.
Oʻzbek diplomatlari “Humo” o‘zbek-nemis madaniy jamiyati faollari bilan birgalikda voqea joyiga zudlik bilan yetib bordilar va O’zbekistonlik vatandoshlar bilan hamkorlikda 35 nafar O‘zbekiston fuqarolariga ushbu hududda vaqtincha yashashlari uchun zarur yordam ko‘rsatdilar.
O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasi va Frankfurt-Mayndagi Bosh konsulxonasi vaziyatni nazoratga oldilar. Vakolatli organlar bilan hamkorlikda mazkur muammoni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.