Eng yaxshi nemis tili o‘qituvchilari Germaniyaga jo‘nab ketdi
Xorijiy tillarni ommalashtirish agentligida "Eng yaxshi xorijiy til o‘qituvchisi" Respublika tanlovida g‘olib bo‘lgan nemis tili o‘qituvchilarining Germaniyaga tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida agentlik direktori Sanjar Obidov va Xalq ta’limi vazirligi departament direktori Laziz Xo‘jaqulov o‘qituvchilarga bo‘lg‘usi safar bo‘yicha o‘z tavsiya va takliflarini berdi.
Aytish joizki, respublikamizning barcha hududlaridan g‘olib bo‘lgan 14 nafar nemis tili o‘qituvchisi bugun kechda Berlin shahridagi Gyote institutiga ikki haftalik malaka oshirish kurslarida o‘qish uchun jo‘nab ketishdi.
Ushbu malaka oshirish kurslari nemis tilini o‘qitishni innovatsion va o‘quvchilarni qiziqtira oluvchi metodik-didaktik tamoyillarga asoslangan. Kurslarda, shuningdek, oflayn va onlayn-darslar uchun interfaol uslublarni qo‘llash ham o‘qitiladi.