Germaniya “Knauf” kompaniyasining O‘zbekistondagi uchinchi zavodi Farg‘onada ishga tushdi
Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani “Sho‘rsuv” hududida gips asosidagi qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi Germaniyaning “Knauf” kompaniyasining yangi korxonasi ishga tushirilishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, “Knauf” kompaniyasi hammuassisi Nikolaus Knauf, “Knauf” guruhining boshqaruvchisi Uve Knotser, Germaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Tilo Klinner, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi. Dastlab ishtirokchilar korxonadagi zamonaviy ishlab chiqarish liniyalari hamda o‘rnatilgan dastgohlar bilan tanishdi.
Umumiy loyiha qiymati 18,7 million yevro bo‘lgan va yillik 17 million kvadrat metr gipsokarton listlari hamda 40 ming tonna quruq qurilish aralashmalarini ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod modulli texnologiya asosida 2,5 yilda qurib bitkazilgan. Natijada bu yerda 80 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va “Knauf” kompaniyasi rahbariyati ishtirokida korxonadagi ishlab chiqarish liniyalari ishga tushirildi. Bu zavod Farg‘ona viloyatining iqtisodiy hayotida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Shundan so‘ng xorijlik va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. So‘z olganlar O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida kun sayin aloqalar rivojlanib borayotgani, davlatimiz rahbarining 2019 yilda Germaniyaga rasmiy tashrifi va u yerdagi sarmoyadorlar bilan uchrashuvi o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatayotgani e’tirof etildi. “Knauf” kompaniyasining O‘zbekistondagi uchinchi zavodi ishga tushirilishi buning bir isboti ekanligi aytildi.
Korxonada nemis texnologiyasi va yuqori ekologik standartlarga muvofiq yuqori sifatli qurilish mahsulotlari ishlab chiqarilishi, mahalliy va xorijiy bozorlarga, xususan, qo‘shni davlatlarga yetkazib berilishi ma’lum qilindi.
E’tiborlisi, “Knauf” kompaniyasi o‘zining xususiy o‘quv markazlarida shuningdek, oliy ta’lim muassasalari va kollejlari bilan hamkorlikda malakali mutaxassislar tayyorlashni ham yo‘lga qo‘ygan. Shu orqali ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan. Tadbirda ana shular xususida ham so‘z bordi.