Nemis mutaxassislari O'zbekistonlik bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi
Mamlakatimizga Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Delegatsiya a’zolari “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro hayriya jamg‘armasi boshqaruvi raisi S.Inomova va rais o‘rinbosari N.Mo‘minovlar bilan uchrashdi.
Jamg‘armaning tibbiy-ijtimoiy markazida germaniyalik mutaxassislar Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan kelgan bemor bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.