Yurtimizga Germaniyadan yuqori hosildorlikni ta’minlovchi texnologiya olib kelindi
Yurtimizga Germaniya Federativ Respublikasidan tuproqning 19 ta tahlilini 3 daqiqada amalga oshirish imkoniyatiga ega, yangi “STENON” innovatsion texnikasi olib kelindi.
Bugun Toshkent viloyati Agroxizmatlar markazida texnikaning afzalliklari jamoatchilikka tanishtirilib, tajriba stansiyasida sinovdan o‘tkazildi.
Bugun Toshkent viloyati Agroxizmatlar markazida texnikaning afzalliklari jamoatchilikka tanishtirilib, tajriba stansiyasida sinovdan o‘tkazildi.
Mutaxassislarning aytishicha, “STENON” orqali fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi klasterlari va kooperatsiyalar jahonning ilg‘or tajribalarini qo‘llagan holda yuqori hosildorlikka erishishi mumkin.
Ma’lumot uchun, qurilma orqali tuproqqa kerakli ishlovni berish bo‘yicha raqamlashgan axborot tahlil natijasi olinadi va tuproq xususiyatiga mos agrotexnik choralar ko‘rish bo‘yicha olimlar tavsiyasi ishlab chiqiladi.
Shuningdek, seminarda organik mahsulotlarni yetishtirish bo‘yicha yaratilgan imtiyozlar va agrobiznesni rivojlantirish tavsiyalari ham berib o‘tildi. Agrosubsidiya, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, imtiyozli kreditlar haqida ham ekspertlar tomonidan taqdimotlar qilindi.
Yuqorida ko‘zda tutilgan barcha xizmat va tavsiyalar Toshkent viloyati va hududlarda tashkil etilgan Agroxizmatlar markazlari tomonidan ko‘rsatiladi.