Buxorolik tibbiyot xodimlari endi Germaniya tibbiyot muassasalarida ishlay oladi
Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasi, Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi, Tashqi mehnat migratsiya agentligi hamda Germaniyaning “NoVo Agency” va “GP Care Solutions” tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan, buxorolik tajribali tibbiyot xodimlari endilikda Germaniya tibbiyot muassasalarida ishlashlari mumkin.
Germaniya Federativ Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan “NoVo Agency” kompaniyasi direktori Dr. Nofiza Vohidova va “GP Care Solutions” kompaniyasi direktori Frank Uve Shnayder Buxoroda mazkur masalani o‘rganish maqsadida Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida bo‘ldi, yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi kelishuvlariga asosan ish beruvchining talabi bilan tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolar shartnoma asosida tashkiliy ravishda ishga joylashtiriladi.
“Ishga marhamat” monomarkazida Germaniya Federativ Respublikasining tibbiyot muassasalarida ishlash istagini bildirgan, ish tajribasiga ega bo‘lgan tibbiyot xodimlari hamda tinglovchilarni o‘qitish uchun nemis tili fani o‘qituvchilari suhbatdan o‘tkazildi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tganlar 10 oy davomida maxsus o‘quv kurslarida o‘qitiladi.
Shuningdek, mehmonlar Buxoroning ko‘hna “Ark” qo‘rg‘oni, “Minaroi kalon”, “Labi hovuz” kabi qadimiy majmualari bo‘ylab sayohat qildi.