Germaniya Bundestagining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi qo‘mitasi raisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
16-mart kuni Elchi Nabijon Kasimov Germaniya Bundestagining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi qo‘mitasi raisi janob Herman Ferber bilan uchrashdi.
Muzokaralar chog’ida oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha shartnomaviy-huquqiy bazani takomillashtirishda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilindi.
Uchrashuv so’ngida Germaniya tomoni bilan 2020-2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishda tajriba almashish maqsadida nemis ixtisoslashgan korxonalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashishga kelishib oldi.