TIV Konsullik-huquqiy departamenti ogohlantiradi

Qozog‘istonning ayrim mintaqalarida havo haroratining keskin sovushi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti O‘zbekiston fuqarolarining e’tiborini mazkur mamlakatga kirganlarida, asosan uning shimoliy hududlarida harakatlanish uchun transport vositasini tanlayotganlarida hamda avtobus yoki boshqa avtomobil transporti turlarida Rossiyaga o‘tayotganlarida duch kelinadigan xavflarni hisobga olishlari zarurligiga qaratadi.
08.02.2019

Oʻzbekiston ilk bor Berlin xalqaro kinofestivalida oʻz milliy paviloni bilan qatnashadi

Oʻzbekiston delegatsiyasi 7-15 fevral kunlari boʻlib oʻtadigan butunjahon kinosanoati vakillari uchun eng yirik tadbirlardan biri boʻlgan Yevropa kinobozorida birinchi marta oʻz taqdimotlari bilan ishtirok etadi.
06.02.2019

Xorijiy davlatlar bilan hamkorlikka oid “yoʻl xarita”lari ijrosi koʻrib chiqildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 fevral kuni Germaniya, Fransiya, Hindiston va Birlashgan Arab Amirliklari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, qabul qilingan “yoʻl xarita”larini soʻzsiz ijro etish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.
05.02.2019

O‘zbekiston ilk bor Berlin xalqaro kinofestivalida o‘z milliy pavilioni bilan ishtirok etadi

O‘zbekiston delegatsiyasi 7-15-fevral kunlari butunjahon kinosanoati vakillari uchun eng yirik tadbirlardan biri bo‘lgan Yevropa kinobozorida birinchi marta o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etadi.
05.02.2019

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni baliqchilik sohasida hamkorlik o‘rnatmoqda

Riyoz shahrida mamlakatimizning Saudiya Arabistoni Podshohligidagi Favqulodda va Muhtor elchisi Ulug‘bek Maqsudov hamda ushbu davlat Atrof-muhit, suv va qishloq xo‘jaligi vazirligi Baliqchilikni rivojlantirish departamenti direktori doktor Ali al-Shayx bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
04.02.2019

“O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida temir yo‘lda yuk tashuvini oshirish”

Ana shunday mavzu ostida mamlakatimizning Mozori-Sharif shahridagi konsulxonasi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ qarashli “So‘g‘diyona trans” sho‘‘ba korxonasi hamkorligida seminar o‘tkazildi.
04.02.2019

Pokiston Elchisi bilan uchrashuv

2019-yilning 4-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Pokiston Islom Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Irfan Yusuf Shami bilan uchrashdi.
04.02.2019

Polsha Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari bilan uchrashuv to‘g‘risida

2019-yilning 1-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida Varshava shahrida bo‘lgan Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Polsha Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bartosh Chixotskiy bilan uchrashdi.
04.02.2019

Tashqi ishlar vazirligidagi majlis to‘g‘risida

2019-yilning 2-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligida TIV markaziy apparatining majlisi bo‘lib o‘tdi.
02.02.2019

O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘oniston bo‘yicha Xalqaro aloqa guruhining majlisida ishtirok etdi

2019-yilning 31-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro aloqa guruhining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.
01.02.2019

O‘zbekiston va Qozog‘iston Hukumat delegatsiyalarining muzokaralari to‘g‘risida

2019-yilning 27-yanvaridan 1-fevraliga qadar Toshkent shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi Hukumat delegatsiyalarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
01.02.2019

MAGATE bosh direktori Yukiya Amano AES qurilishi jarayonida texnik va ekspert yordamini koʻrsatishga tayyorligini bildirdi

“Oʻzatom” agentligining matbuot xizmati maʼlum qilishicha, joriy yilning 31 yanvar kuni Oʻzbekiston delegatsiyasi Vena shahrida Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentligi (MAGATE) bosh direktori Yukiya Amano bilan muzokaralar oʻtkazdi.
01.02.2019

Ijtimoiy infratuzilma rivojlantiriladi

Prezidentimiz Jizzax shahridagi Mirzo Ulug‘bek mahallasida bo‘lib, hududda qurilishi rejalashtirilayotgan uy-joylar, ijtimoiy ob’ektlar, obodonlashtirish loyihalari bilan tanishdi.
31.01.2019

Jizzax viloyati tumanlariga Zarafshon daryosidan suv olib kelinadi

Jizzax shahrida viloyat faollari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
31.01.2019

O‘zbek – qozoq milliy madaniyat markazidan yoshlar mamnun

Prezident Mirzacho‘l tumanidagi O‘zbek – qozoq milliy madaniyat markazi faoliyati bilan tanishdi.
31.01.2019

Belarus Elchisi bilan uchrashuv

2019-yilning 30-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Belarus Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Leonid Marinich bilan uchrashdi.
30.01.2019

Prezident Forish tumanidagi ulkan loyihalar bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni Jizzax viloyati Forish tumaniga tashrif buyurib, atom elektr stansiyasini qurish uchun muhandislik tadqiqotlari olib borilayotgan maydonlardan birini ko‘zdan kechirdi.
30.01.2019

Turkiya Elchisi bilan uchrashuv

2019-yilning 30-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Mehmet Sureyya Erni qabul qildi.
30.01.2019

Islom Karimov tavalludiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludi kuni munosabati bilan xotira tadbirlari o‘tkazilmoqda.
30.01.2019

Tashqi ishlar vazirligida o‘tkazilgan videoselektor yigʻilishi to‘g‘risida

2019-yilning 29-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov TIV hay’ati a’zolarining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi. Tadbir mamlakatimiz iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyani jalb qilish, yurtimizda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni eksportini oshirish, turistlar oqimini ko‘paytirish va O‘zbekistonning xorijiy diplomatik vakolatxonalariga biriktirilgan mintaqalar iqtisodini rivojlantirish bo‘yicha mamlakatimiz rahbarining topshiriqlarini bajarishga bag‘ishlandi.
30.01.2019

Prezident Samarqandga joʻnab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimovni xotirlash tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqandga joʻnab ketdi.
30.01.2019

Shavkat Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.
30.01.2019

Pages