• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Yoshlarga Prezident sovg‘asi topshirildi

28.02.2018

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Sirdaryo viloyatidagi tuman va shahar kengashlari raislariga Prezident sovg‘asi – “Spark” hamda “Damas” xizmat avtomashinalari, yosh sardorlarga sardorlik nishoni tantanali ravishda topshirildi.

– Prezidentimizning sovg‘asi sifatida xizmat avtomashinalari berilishi, sardorlarga sardorlik nishoni topshirilishi biz, sirdaryolik yoshlarga bir olam quvonch bag‘ishladi, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston shahar kengashi raisi Bekzod Almamatov. – Bu, hech shubhasiz, ishimizning yanada samarali bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi. Davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik biz yoshlarni har bir sohada, har bir jabhada kuch-g‘ayratimizni ayamay mehnat qilishga undaydi.

Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev so‘zga chiqdi.