• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Yaxshi kishi koʻrmagay yomonliq hargiz...

15.02.2019

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Yongʻin xavfsizligi institutida Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Adabiyotshunos olimlar, maʼnaviyatchilar, sanʼatkorlar, professor-oʻqituvchilar hamda kursantlar ishtirok etgan tadbirda Bobur shaxsiyati shoir, shoh, olim sifatida tarixda qolgani taʼkidlandi.

Tadbirda Bobur shaxsining jahon tarixida tutgan oʻrni haqida ham soʻz yuritildi. Gʻazal va ruboiylaridan namunalar oʻqildi.