• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Urugvay Elchisi bilan uchrashuv

02.04.2019

2019-yilning 2-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Urugvay Sharqiy Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Enrike Xuan Delgado Xentani qabul qildi.

Ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan Vazir Elchini O‘zbekistondagi missiyasi boshlangani bilan tabrikladi va mas’uliyatli vazifani bajarishda muvaffaqiyat tiladi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Urugvay hamkorligining istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Urugvayning geografik jihatdan bir biridan uzoqda joylashganiga qaramay, ayrim sohalarda aloqalarni faollashtirish uchun real imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.

Suhbat davomida xalqaro tashkilotlar shaklidagi hamkorlikka doir masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Anvar Ilyasov olgan sur'at